Shapsanova Nodira Berdikulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirishda ma’naviy-tarbiyaviy omillarning o‘rni” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1265 
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.21/2025.27.12.F.01.01
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Azamat Muxtarovich – falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich – falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  
Globallashuv sharoitida ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash, ta’sir etish imkoniyatlari va ularning oldini olishdagi mavjud muammolarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“mafkuraviy manfaatdorlik” tushunchasi mafkuraviy immunitetning shakllanishi va emirilishi jarayonlarini izohlashda ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida konseptual jihatdan asoslanib, ma’naviy-tarbiyaviy reabilitatsiya tamoyillari (izchillik, uzviylik va universallik)ning bazaviy motivatsion komponenti, mafkuraviy immunitetni tiklashning samarali mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
jamiyat a’zolarida ijtimoiy safarbar etishning ixtiyoriy-manfaatdorlik mexanizmi samarali ekanligi isbotlanib, u shaxsning ichki motivatsiyasi, ijtimoiy faolligi va mafkuraviy immunitet darajasini mustahkamlashi ochib berilgan;
jamiyat mafkuraviy barqarorligini ta’minlashda “milliy segment - milliy kontent - virtual hamkorlik - virtual nazorat - mafkuraviy manfaatdorlik” tizimining tarkibiy elementlari o‘rtasidagi sinergetik bog‘liqlik va kommunikativ o‘zaro ta’sir jarayonlarini ma’rifiy-tarbiyaviy omillar bilan integratsiyalash, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdagi ijtimoiy-falsafiy konseptual asos ekanligi dalillangan;
milliy madaniyatni global axborot maydonida raqobatbardosh sub’ektga aylantirish, brendlash va madaniy diplomatiya orqali ma’naviy ta’sirni kengaytirishga yo‘naltirilgan proaktiv strategiya ma’naviy tarbiyaning teleologik va aksiologik mezonlari qamrovida mustaqil ilmiy yo‘nalishlar sifatidagi funksiyalari tizimlashtirilib, globallashuv sharoitida milliy ma’naviy ta’sirni kengaytirishga xizmat qiluvchi adaptiv va innovatsion yondashuvlar ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirishda ma’naviy-tarbiyaviy omillarning o‘rniga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“mafkuraviy manfaatdorlik” tushunchasi mafkuraviy immunitetning shakllanishi va emirilishi jarayonlarini izohlashda ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida konseptual jihatdan asoslanib, ma’naviy-tarbiyaviy reabilitatsiya tamoyillari (izchillik, uzviylik va universallik)ning bazaviy motivatsion komponenti, mafkuraviy immunitetni tiklashning samarali mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yilda 4-yanvarda tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning III-yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” yo‘nalishi 20-band “Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarmiz, halollik, birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish”ga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan dasturlarni tayyorlashda nazariy asos sifatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 05-apreldagi 10/173-son dalolatnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dasturlarning zamonaviy yondashuvlar asosida tayyorlanishiga xizmat qilgan;
jamiyat a’zolarida ijtimoiy safarbar etishning ixtiyoriy-manfaatdorlik mexanizmi samarali ekanligi isbotlanib, u shaxsning ichki motivatsiyasi, ijtimoiy faolligi va mafkuraviy immunitet darajasini mustahkamlashiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 30-oktyabrdagi 01-10/169-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi yoshlar yetakchisining namunaviy lavozim yo‘riqnomasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 01-apreldagi 4-16-21-1680-son dalolatnomasi). Natijada, mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan;
jamiyat mafkuraviy barqarorligini ta’minlashda “milliy segment - milliy kontent - virtual hamkorlik - virtual nazorat - mafkuraviy manfaatdorlik” tizimining tarkibiy elementlari o‘rtasidagi sinergetik bog‘liqlik va kommunikativ o‘zaro ta’sir jarayonlarini ma’rifiy-tarbiyaviy omillar bilan integratsiyalash, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdagi ijtimoiy-falsafiy konseptual asos ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash Markazining 2025-yilgi ishchi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash Markazining 2025-yil 07-apreldagi 03-son dalolatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar Markazning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida yoshlarni globallashuvning milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan ta’sirini aniq tushunishga va milliy o‘zligini asrab qolishga bo‘lgan faolligini oshirishga katta hissa qo‘shgan;
milliy madaniyatni global axborot maydonida raqobatbardosh sub’ektga aylantirish, brendlash va madaniy diplomatiya orqali ma’naviy ta’sirni kengaytirishga yo‘naltirilgan proaktiv strategiya ma’naviy tarbiyaning teleologik va aksiologik mezonlari qamrovida mustaqil ilmiy yo‘nalishlar sifatidagi funksiyalari tizimlashtirilib, globallashuv sharoitida milliy ma’naviy ta’sirni kengaytirishga xizmat qiluvchi adaptiv va innovatsion yondashuvlarga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yilda 4-yanvarda tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning III-yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” yo‘nalishi 21-band “Obod mahalla-yangi ma’naviy makon” amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruh “Yo‘l xaritasi”ni tuzishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 05-apreldagi 10/173-son dalolatnomasi). Natijada, mahallarda amalga oshirilgan tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish