Nazirov Muxtor Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosiy jarayonlar evolyusiyasining o‘ziga xos xususiyatlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ss46.
Ilmiy rahbar: Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc03/30.12.2019.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammatroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarida kechayotgan ichki siyosiy jarayonlarning evolyusiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini institusional va tashkiliy-funksional yondashuvlar asosida ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“siyosiy jarayon” hodisasining zamonaviy xususiyatlari mualliflik yondashuvi bilan ilmiy asoslangan hamda Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy jarayonlarning kechishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
Markaziy Osiyo davlatlarida o‘tish davridagi siyosiy islohotlar strategiyasini amalga oshirish usullari (tadrijiy, inqirozli, inqilobiy), o‘ziga xos jihatlari (kuchli prezidentlik instituti, tarixiy va sotsio-madaniy xususiyatlardan kelib chiquvchi mafkuraviy asoslar yaratilishi, siyosiy va g‘oyaviy plyuralizm, tinchlik va millatlararo totuvlik, milliy birlikka erishish, siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan demokratik davlat, ochiq jamiyat barpo etish kabilar) ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat hokimiyati tizimida ro‘y berayotgan siyosiy tranzit hodisasining demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilayotgani mintaqada tinchlikni ta’minlash omili ekanligi ilmiy asoslangan;
Markaziy Osiyo davlatlarida kechayotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan qiyosiy tahlil kontekstida O‘zbekiston siyosiy taraqqiyotida namoyon bo‘layotgan evolyusion rivojlanish, milliy va umumbashariy negizlardan kelib chiquvchi demokratik asoslarni qaror toptirish bilan bog‘liq yetakchi tendensiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siyosiy jarayonlarning konseptual asoslari, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarning nazariy jihatlari, jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim o‘zgarishlarning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
davlat hokimiyati va boshqaruviga oid yangicha nazariy yondashuvlar, jamiyat siyosiy tizimini modernizatsiyalash jarayonlari, jamiyat hayotini demokratlashtirishda axborot va so‘z erkinligining ustuvor masalalariga oid konseptual g‘oya va xulosalardan Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-067+F1-089 raqamli “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning nazariy-metodologik masalalari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida hamda uning yakunida chop etilgan monografiyada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 9 fevraldagi FTK-0313/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur monografiyada ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvidagi o‘zgarishlarni yangicha yondashuv va tamoyillar asosida yoritish imkonini bergan hamda mamlakatimizda siyosiy jarayonlarni o‘rganishning konseptual asoslarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
2016 yilning 12-30 noyabr` kunlari Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining raislari va a’zolari uchun tashkil etilgan seminar-treninglarda mamlakatimizda jamiyat siyosiy tizimi va shakllanib borayotgan fuqarolik jamiyati masalalariga doir ilmiy-amaliy xulosalardan keng foydalanilgan. (Bo‘ka tumani hokimining 2016 yil 30 noyabrdagi 2/5-2379-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga yuqori siyosiy-huquqiy darajada tayyorgarlik ko‘rilishi hamda o‘tkazilishini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan;
2016 yilning 12-30 noyabr` kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 42 ta uchastka saylov komissiyalarining raislari uchun tashkil etilgan seminar-treninglarda mamlakatimizning demokratik taraqqiyoti izchilligi va barqarorligini ta’minlashda saylovlarning ahamiyati, mamlakatimizda siyosiy jarayonlar yangi sifat bosqichining mazmun-mohiyatiga doir xulosalardan keng foydalanilgan. (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 06-04/397-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar uchastka saylov komissiyalarining raislari va a’zolari, ular orqali fuqarolarning saylovga oid siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nimalarini oshirishga katta hissa qo‘shgan;
2018 yilning 14 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlarining siyosiy o‘quvida Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqada yangi konstruktiv do‘stona muhitni shakllantirish jarayonlari va ularning istiqbollariga doir ilmiy-amaliy xulosalardan keng foydalanilgan. (O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining 2018 yil 23 martdagi 2-258-son ma’lumotnomasi). Markaziy Osiyodagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarning mazmun-mohiyati oid amaliy xulosalar partiya tashkilotlari xodimlarining siyosiy bilimi hamda faoliyat samaradorligi oshishiga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish