Balgaeva Muxayyo Abdisamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konstruktiv formasini o‘zgartirish hisobiga katta ravoqli po‘lat fermalarni optimallashtirish”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5749.
Ilmiy rahbar: Asliev Sirojiddin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti”.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
PhD 26/26.01.2023.T.109.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xotamov Asadullo Toshtemirovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Fridman Gennadiy Solomonovich.
Yetakchi tashkilot: “Og‘irsanoatloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta ravoqli fermalarning konstruktiv shakllarini takomillashtirish orqali po‘lat sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yuk tugun va tugundan tashqarida qo‘yilganda yuqori kamar panellari o‘rtasining ko‘tarish hisobiga katta ravoqli fermalarning takomillashtirilgan konstruktiv echimi ishlab chiqildi;
Katta ravoqli fermalarning siqiladigan yuqori kamar panellari o‘rtasini ko‘tarish hisobiga qo‘yilgan yuklardan hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni boshqarish mumkinligini LIRA-SAPR 2017 dasturiy majmuasidan foydalangan holda sonli tadqiqotlar asoslandi;
Katta ravoqli fermalardaning siqiladigan yuqori kamar panellari o‘rtasini ko‘tarish hisobiga tugunlar va panel o‘rtasida (tugundan tashqari) qo‘yilgan yuklardan ferma elementlarining kuchlanganlik-deformatsiya holati an’anaviy fermaga nisbatan farq qilishi aniqlangan;
Katta ravoqli fermalarda konstruksiyaning ratsional kuchlanganlik-deformatsiya holatini ta’minlovchi siqilgan yuqori kamar panellari o‘rtasining egilishining optimal (f) qiymati aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari ishlab chiqarish binolarining loyihaviy echimlarini ishlab chiqishda qabul qilingan, jumladan:
- "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tarkibida Jomboy tumani "Nazar” massivida salqin ichimliklar ishlab chiqarish binosi loyihasida;
- Samarqand tumanida joylashgan "AGROMIR" MChJ.QK kapsulalar va PET-butilkalar ishlab chiqarish binosi loyihasida;
Ushbu tadqiqot natijalarini keyinchalik loyihalarga joriy etish bo‘yicha "O‘zog‘irsanoatloyiha" AJ (ma’lumotnoma ilovada keltirilgan) va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 34-06-15086-sonli ma’lumotnomalarida tasdiqlangan. (ma’lumotnoma ilovada keltirilgan).