Qulmamatov Oybek Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘zaki nutq janrlarining lingvomadaniy tadqiqi (ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2258.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Baxrom Gulyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01. 
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Dusmatov Xikmatullo Xaitboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya og‘zaki nutq janrlarining matniy kompozision tuzilishidagi universal va farqli jihatlarini lingvomadaniy aspektda ochib berishdan iborat. 
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
afro-amerikaliklarning dozens hamda o‘zbek xalqining askiya janrlarining milliy qadriyatlar va badiiy tafakkur asosida vujudga kelgan madaniy-estetik qarashlar, muayyan davr va jamiyat hayoti bilan shartlangan tarixiy-ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan matniy-kompozision qurilishi, dialogik va improvizatsion tabiati hamda agonistik-komik performativ xususiyatlari qiyosiy-tipologik yondashuv orqali dalillangan;
dozens va askiya janrlarining ekspressivlik va so‘z o‘yiniga tayanish kabi lisoniy xususiyatlari, ular matnining an’anaviy qoliplar, dialektik elementlar va paremiologik birlikni o‘z ichiga olgan barqaror til birliklari, ikki yoki undan ortiq kommunikantlar o‘rtasida yuzaga keladigan dialogik ifoda shakllari hamda o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik vositalar negizida shakllanishi matniy-diskursiv tahlil asosida aniqlangan;
har ikkala janrda kulgu uyg‘otuvchi estetik maqsad, nutqiy ironiyaning ijtimoiy funksiyasi va shaxs-madaniyat o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos uslubiy vositalar orqali ifodalanishi, xususan, dozensda giperbola (bo‘rttirish), ritmik takrorlar va parodik taqlid; askiyada esa polisemiya, kinoya hamda dialogik-tezkor javob strategiyalari ustuvorligi pragmatik va madaniyatlararo tahlil metodlari yordamida isbotlangan;  
dozens va askiya matnlaridagi improvizatsiyaga moyillik, tinglovchiga bevosita ta’sir ko‘rsatish, barqaror qolip va takrorlanuvchi semantik modellar kabi umumiyliklar hamda ulardagi farqlar, jumladan, dozensda eksplisitlik (ochiq istehzo), askiyada esa implisitlik (kinoya, qochirim va yashirin ma’no) ustuvor kommunikativ strategiya ekanligi ikki tildagi misollarning qiyosiy-chog‘ishtirma va kontrastiv tahlili orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya nutq janrlarining lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
afro-amerikaliklarning dozens hamda o‘zbek xalqining askiya janrlarining milliy qadriyatlar va badiiy tafakkur asosida vujudga kelgan madaniy-estetik qarashlar, muayyan davr va jamiyat hayoti bilan shartlangan tarixiy-ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan matniy-kompozision qurilishi, dialogik va improvizatsion tabiati hamda agonistik-komik performativ xususiyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-fevraldagi 04/1-563-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari amaliy loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
dozens va askiya janrlarining ekspressivlik va so‘z o‘yiniga tayanish kabi lisoniy xususiyatlari, ular matnining an’anaviy qoliplar, dialektik elementlar va paremiologik birlikni o‘z ichiga olgan barqaror til birliklari, ikki yoki undan ortiq kommunikantlar o‘rtasida yuzaga keladigan dialogik ifoda shakllari hamda o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik vositalar negizida shakllanishi xususidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018–2020-yillarda bajarilgan PZ-201709134 raqamli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-martdagi 04/11-1836-son ma’lumotnomasi). Natijada san’at, madaniyat va tilshunoslik sohasidagi nazariy adabiyotlar askiya va dozens folklor janrlarining lisoniy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni og‘zaki nutq janrlari sifatida tasniflash mumkinligi haqida tahliliy fikrlar bilan boyitilgan;
har ikkala janrda kulgu uyg‘otuvchi estetik maqsad, nutqiy ironiyaning ijtimoiy funksiyasi va shaxs-madaniyat o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos uslubiy vositalar orqali ifodalanishi, xususan, dozensda giperbola (bo‘rttirish), ritmik takrorlar va parodik taqlid; askiyada esa polisemiya, kinoya hamda dialogik-tezkor javob strategiyalari ustuvorligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorining 5-ilovasidagi Respublikada askiya va qiziqchilik san’atini rivojlantirish va ilmiy-o‘rganish hamda targ‘ib etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishida foydalanilgan (Madaniyat vazirligi huzuridagi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining 2024-yil 12-fevraldagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada “yo‘l xaritasi”ning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan takomillashtirilgan;
dozens va askiya matnlaridagi improvizatsiyaga moyillik, tinglovchiga bevosita ta’sir ko‘rsatish, barqaror qolip va takrorlanuvchi semantik modellar kabi umumiyliklar hamda ulardagi farqlar, jumladan, dozensda eksplisitlik (ochiq istehzo), askiyada esa implisitlik (kinoya, qochirim va yashirin ma’no) ustuvor kommunikativ strategiya ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining “Ma’naviyat bosh muharririyati”, “Tok-shou va interaktiv teleloyihalar bosh muharririyati” tomonidan tayyorlangan “Yoshlar oqshomi”, “Renessans yoshlari”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari” kabi ko‘rsatuv va roliklarni tasvirga olish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining 2024-yil 28-fevraldagi 14-02-37-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar afro-amerikalik xalqlarning dozens janri bilan tanishishgan, shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi sanalmish askiya san’atini saqlash va targ‘ib etish kabi maqsadlarga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish