Zulponov Shovqiddin Urozalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tirik ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilmani takomillashtirish”, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/2619.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Karim Xakimovich, texnika fanlari doktori; Xamidov Baxodir Tadjiddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tirik ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pillaga ishlov berish uchun sarflangan energiya miqdorini hisoblashning matematik modeli asosida kompyuter modeli hamda pilla qobig‘ini quritish jarayonining muvozanat haroratini xarakterlash uchun tenglamalar tizimi ishlab chiqilgan;
tirik ipak qurti g‘umbagiga 65 ºS haroratda infraqizil nur va vibratsiya ta’sirida hosil bo‘lgan chiziqli tezlanish 1 m/s2 da dastlabki qayta ishlangan tirik pilla qurtlari 7-8 daqiqada 100% nobud bo‘lishi (jonsizlanishi) hamda 35-38 ᴼS xona haroratida 12 kundan so‘ng yakuniy namlik 12-14% bo‘lib sifatli qurishi isbotlangan;
infraqizil nur va vibratsiyali energiya tejamkor quritish qurilmasidan foydalanish natijasida pillaga dastlabki ishlov berish hajmi 1,4 barobar ortgani va xom ashyo yo‘qotilishi 7% ga kamayishi isbotlangan;
past haroratda ishlaydigan infraqizil nur va vibratsiya ta’sirida hosil bo‘lgan chiziqli tezlanish takomillashtirilgan qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tirik ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilmani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tirik ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish uchun kombinatsiyalashgan energiya tejamkor quritish qurilmasi “Agropilla” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 18 iyuldagi 1-7/1269-son ma’lumotnomasi). Natijada, pillaga ishlov berish hajmi 1,4 barobar ortgan va xomashyo yo‘qotilishi 7%ga kamaytirish imkonini bergan;
infraqizil nur va vibratsiya ta’sirida hosil bo‘lgan chiziqli tezlanish qurilmasi «JIZZAX AGRO-PILLA» MChJ ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025-yil 18 iyuldagi 1-7/1269-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 11 barobar kam energiya va vaqt sarflanishiga erishilgan.