Iskra Ekaterina Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Terining disxromiyalari. Klinik-morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya va 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6006.
Ilmiy rahbar: Siddikov Akmal` Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Zaslavskiy Denis Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti,  PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Obidova Zuxra Muradovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Oxlopkov Vitaliy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
II.Tadqiqot maqsadi. Doimiy disxromik eritema, qizil yassi temiratkining pigmentli shakli va idiopatik eruptiv makulyar pigmentatsiyaning klinik, patomorfologik hamda immunogistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish va tizimlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
doimiy disxromik eritema, qizil yassi temiratkining pigmentli shakli va idiopatik eruptiv makulyar pigmentatsiyada toshmalarning o‘lchami, lokalizatsiyasi va morfologik evolyusiyasiga xos bo‘lgan differensial-farqlovchi xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, ularning nozologik mustaqilligini tasdiqlovchi ob’ektiv tashxislash parametrlari asoslangan; 
 kasallikning kechish bosqichiga ko‘ra lixenoid turdagi «interface-dermatit»dan yuza perivaskulyar dermatitga o‘tishning o‘ziga xos morfologik dinamikasi aniqlangan bo‘lib, bazal qavat vakuolyar distrofiyasi va melanofaglar akkumulyasiyasining nozologik spesifikligi isbotlangan;
terining pigmentli dermatozlarini verifikatsiya qilishda p16, CD8, CD68 va CD207 markerlarining to‘qimalardagi ekspressiya gradienti (joylashuvi va kuchi) asosida kasallik turlarini bir-biridan farqlovchi diagnostik panel` shakllantirilgan;
qizil yassi temiratki uchun p16 va CD8 markerlarining, disxromik eritema va makulyar pigmentatsiya uchun esa CD68 va CD207 markerlarining o‘ziga xos ekspressiyasiga asoslangan teri disxromiyalarini differensial tashxislash va verifikatsiyalashning yangi yondashuvi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘tkazilgan kompleks klinik-morfologik, biokimyoviy va immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosida turli shakldagi ekzema bilan og‘rigan bemorlarda metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. «Ekzemani diagnostika qilishda immunogistokimyo va biokimyoviy markerlar» nomli metodik tavsiyalar amaliy sog‘liqni saqlash tizimi va ta’lim jarayoniga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.10.2025 yildagi №27 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, FJSTI ekspert kengashining 30.03.2024 yildagi № 01-02/u-t-19 qarori).
birinchi ilmiy yangilik: doimiy disxromik eritema, qizil yassi temiratkining pigmentli shakli va idiopatik eruptiv makulyar pigmentatsiyada toshmalarning o‘lchami, lokalizatsiyasi va morfologik evolyusiyasiga xos bo‘lgan differensial-farqlovchi xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, ularning nozologik mustaqilligini tasdiqlovchi ob’ektiv tashxislash parametrlari asoslangan. Amaliyotga joriy etish. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotga Andijon filiali Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatovenerologiyasining 09.06.2025 yildagi № 420-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosining 13.06.2025 yildagi № 26-sonli buyrug‘i va Sankt-Peterburg davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi «Dermatovenerologiya dispanseri № 10 — dermatologiya va venerologiya klinikasi»ning 10.06.2025 yildagi № 34/2-sonli buyrug‘i asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik. Tadqiqot natijalarini joriy etish quyidagilarga yordam beradi: teri disxromiyalarini hujayraviy va biokimyoviy darajada diagnostikasini takomillashtirish. Bemorlarning individual patogenetik xususiyatlarini aniqlash, bu esa davolash sxemalarini yaxshilash imkonini beradi. Residivlar sonini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash. Iqtisodiy samaradorlik: diagnostika va davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga umumiy tejam yiliga 462 mln so‘mni tashkil etdi (shundan 102 mln so‘m diagnostikada va 360 mln so‘m davolashda). Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri har bir bemorda o‘rtacha 3 kunga (7 kundan 4 kungacha) qisqarishi aholining mehnat qobiliyatini saqlash hisobiga qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy samara berdi. O‘rtacha kunlik ish haqi 200000 so‘m bo‘lgan sharoitda umumiy tejam taxminan 360 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immunogistokimyoviy tahlilni qo‘llash teri disxromiyalarini diagnostika qilish aniqligini oshirish va terapiyani individuallashtirish imkonini beradi, bu esa uzoq muddatli davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning kechish bosqichiga ko‘ra lixenoid turdagi «interface-dermatit»dan yuza perivaskulyar dermatitga o‘tishning o‘ziga xos morfologik dinamikasi aniqlangan bo‘lib, bazal qavat vakuolyar distrofiyasi va melanofaglar akkumulyasiyasining nozologik spesifikligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotga Andijon filiali Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatovenerologiyasining 09.06.2025 yildagi № 420-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosining 13.06.2025 yildagi № 26-sonli buyrug‘i va Sankt-Peterburg davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi «Dermatovenerologiya dispanseri № 10 — dermatologiya va venerologiya klinikasi»ning 10.06.2025 yildagi № 34/2-sonli buyrug‘i asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik. Iqtisodiy samaradorlik: diagnostika va davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga umumiy tejam yiliga 462 mln so‘mni tashkil etdi (shundan 102 mln so‘m diagnostikada va 360 mln so‘m davolashda). Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri har bir bemorda o‘rtacha 3 kunga (7 kundan 4 kungacha) qisqardi. O‘rtacha kunlik ish haqi 200000 so‘m bo‘lgan sharoitda umumiy tejam taxminan 360 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immunogistokimyoviy tahlilni qo‘llash teri disxromiyalarini diagnostika qilish aniqligini oshirish va terapiyani individuallashtirish imkonini beradi, bu esa uzoq muddatli davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: terining pigmentli dermatozlarini verifikatsiya qilishda p16, CD8, CD68 va CD207 markerlarining to‘qimalardagi ekspressiya gradienti (joylashuvi va kuchi) asosida kasallik turlarini bir-biridan farqlovchi diagnostik panel` shakllantirilgan. Amaliyotga joriy etish. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotga Andijon filiali Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatovenerologiyasining 09.06.2025 yildagi № 420-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosining 13.06.2025 yildagi № 26-sonli buyrug‘i va Sankt-Peterburg davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi «Dermatovenerologiya dispanseri № 10 — dermatologiya va venerologiya klinikasi»ning 10.06.2025 yildagi № 34/2-sonli buyrug‘i asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: teri disxromiyalarining immunologik xususiyatlarini aniqlash yallig‘lanishga qarshi va immunotrop terapiyani to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Diagnostika aniqligining oshishi glyukokortikoidlarni ortiqcha qo‘llash va noxush ta’sirlar xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: diagnostika va davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga umumiy tejam yiliga 462 mln so‘mni tashkil etdi (shundan 102 mln so‘m diagnostikada va 360 mln so‘m davolashda). Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri har bir bemorda o‘rtacha 3 kunga (7 kundan 4 kungacha) qisqardi. O‘rtacha kunlik ish haqi 200000 so‘m bo‘lgan sharoitda umumiy tejam taxminan 360 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immunogistokimyoviy tahlilni qo‘llash teri disxromiyalarini diagnostika qilish aniqligini oshirish va terapiyani individuallashtirish imkonini beradi, bu esa uzoq muddatli davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qizil yassi temiratki uchun p16 va CD8 markerlarining, disxromik eritema va makulyar pigmentatsiya uchun esa CD68 va CD207 markerlarining o‘ziga xos ekspressiyasiga asoslangan teri disxromiyalarini differensial tashxislash va verifikatsiyalashning yangi yondashuvi ishlab chiqilgan. Boshqa tomondan, barqaror disxromik eritema va idiopatik eruptiv makulyar pigmentatsiyasi bo‘lgan bemorlarda makrofaglar CD68 va etuk dendrit hujayralar CD207/Langerin antigenlariga reaksiya epidermisda ham, dermada ham kuzatilgan. Amaliyotga joriy etish. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotga Andijon filiali Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatovenerologiyasining 09.06.2025 yildagi № 420-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosining 13.06.2025 yildagi № 26-sonli buyrug‘i va Sankt-Peterburg davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi «Dermatovenerologiya dispanseri № 10 — dermatologiya va venerologiya klinikasi»ning 10.06.2025 yildagi № 34/2-sonli buyrug‘i asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik. Iqtisodiy samaradorlik: diagnostika va davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga umumiy tejam yiliga 462 mln so‘mni tashkil etdi (shundan 102 mln so‘m diagnostikada va 360 mln so‘m davolashda). Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri har bir bemorda o‘rtacha 3 kunga (7 kundan 4 kungacha) qisqardi. O‘rtacha kunlik ish haqi 200000 so‘m bo‘lgan sharoitda umumiy tejam taxminan 360 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immunogistokimyoviy tahlilni qo‘llash teri disxromiyalarini diagnostika qilish aniqligini oshirish va terapiyani individuallashtirish imkonini beradi, bu esa uzoq muddatli davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish