Tadjibaeva Dilbar Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh maktab bolalarining chet tili kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish (nemis tili misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped207.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxodjaev Muxtorxuja, filologiya fanlari doktori, professor; Ilieva Lola Kamolovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nemis tilida kichik maktab yoshidagi bolalarning chet tili kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining nemis tilida A1 darajadagi nutqiy faolligini baholash mezonlari kommunikativ kompetensiyasining differensial ko‘rsatkichlari orqali takomillashgan;
muloqotlararo yondashuv bo‘yicha TPR (to‘liq jismoniy faollikka yo‘naltirilgan), CLIL (fan va chet tilini integrallashgan holda o‘qitish), narrativ uslublari orqali nemis tilini o‘zlashtirishda til, nutq, ijtimoiy-madaniy, o‘qib-tushunish va kompensator kompetensiyalari rivojlanishi aniqlangan;
kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining nemis tilidagi muloqotida qiyinchiliklar tipologiyasi (aniq va noaniq artikllarning ishlatilishi, undoshlar talaffuzi, tez xotiradan chiqarish, tasavvur beqarorligi bo‘yicha nutqiy, til va o‘qib-tushunish)ni aniqlash orqali refleksiv-korreksion texnologiyasi takomillashgan;
boshlang‘ich ta’lim bosqichida nemis tili kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti o‘quvchining birinchi til portfoliosi, kompetentlikka yo‘naltirilgan mashqlar va o‘yinlar asosida takomillashgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda xorijiy til kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
til kompetensiyasining deskriptorlari asosida takomillashgan kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining nemis tilida A1 darajadagi nutqiy faolligini baholash mezonlariga oid differensial ko‘rsatgichlaridan S-Uz800-15-GR-033-raqamli XT tizimidagi chet tili o‘qituvchilari maktabini rivojlantirish” hamda Gyote-Instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Nemis tili bolalar uchun” mavzusidagi innovatsion loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 89-03-819-son hamda Gyote-Institutining 2019 yil 16 sentyabrdagi 19/261-son ma’lumotnomalari). Natijada, nemis tilini o‘qitishning metodik-didaktik tamoyillari ommalashtirilgan;
muloqotlararo yondashuv bo‘yicha TPR (to‘liq jismoniy faollikka yo‘naltirilgan), CLIL (fan va chet tilini integrallashgan holda o‘qitish), narrativ uslublari orqali rivojlanishi aniqlangan nemis tilini o‘zlashtirishda til, nutq, ijtimoiy-madaniy, o‘qib-tushunish va kompensator kompetensiyalaridan 1- va 3-sinflar uchun nemis tili darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 14 avgustdagi 01/11-01/7-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tilida kompetentlikka yo‘naltirilgan mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining nemis tilidagi muloqotida takomillashgan qiyinchiliklar tipologiyasi (aniq va noaniq artikllarning ishlatilishi, undoshlar talaffuzi, tez xotiradan chiqarish, tasavvur beqarorligi bo‘yicha nutqiy, til va o‘qib-tushunish)ning refleksiv-korreksion texnologiyasidan 5120100 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 martdagi 89-03-1164-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Bolalar uchun chet tili” boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchining birinchi nemis tili portfoliosi, kompetentlikka yo‘naltirilgan didaktik mashqlar va o‘yinlar asosida takomillashtirilgan nemis tili kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minotidan SUZ800-16-GR-024-raqamli “Innovative toolkit for assessing young learners progress” amaliy loyihada foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 5 sentyabrdagi 10-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Learning Stations” materiallar to‘plami ishlab chiqilgan.