Nogaibaev Iqlas Almagambetovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik borliqning tizimliligi”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal635
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Alima Karlıbaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna – falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Xakima Yusupovna – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik borliqning tizimliligini falsafiy tahlil qilish, uning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    ekologik borliq inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadigan yaxlit tizim bo‘lib, uni tushuntirishda turli fanlar yondashuvi qo‘llanilishi hamda ekologiya falsafasida tizimli tahlil tamoyillari va metodologik asoslari ochib berilgan;
ekologik borliq tizimliligining ontologik, dialektik, fenomenologik, ekosen-trik, biosferik, kulturologik, strukturaviy-funksional, tizimli, kibernetik, fanlararo va kompleks sintez yondashuvlarini o‘z ichiga olgan metodologik asos (o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, o‘zgarish va dinamikani hisobga olish, fanlararo yondashuv)lar  ishlab chiqilgan va asoslab berilgan;
    ekologik tizimlarning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik kabi asosiy xususiyatlari va zaruriy xilma-xillik, o‘z-o‘zini tashkil etishning sinergetik, evolyusiyaning davriyligi va qaytmasligi, optimallik va moslashuvchanlik, antropogen ta’sir kabi qonuniyatlari asoslab berilgan, shu jumladan yaxlitlik, ierarxiyaviylik, o‘z-o‘zini tashkil etish va barqarorlik tamoyillari takomillashtirilgan;
    hozirgi davrda yuzaga kelayotgan ekologik inqirozlar, global o‘zgarishlar va ekotizimlardagi o‘zaro bog‘liqliklarning buzilishi tabiatni oddiy yoki alohida qismlar orqali emas, balki yagona tizim kontekstida ochib berish asoslab berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ekologik borliq inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadigan yaxlit tizim bo‘lib, uni tushuntirishda turli fanlar yondashuvi qo‘llanilishi hamda ekologiya falsafasida tizimli tahlil tamoyillari va metodologik asoslari ma’rifiy tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. (O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkilotining 2023-yil 8-sentyabrdagi №01-17/153-son dalolatnoma). Natijada, dissertatsiyadagi taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkilotining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalaga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tamoqda hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni hal etishga, targ‘ibot ishlarini yanada yaxshilashga yordam bergan.   
    Ekologik borliq tizimliligining ontologik, dialektik, fenomenologik, ekosentrik, biosferik, kulturologik, strukturaviy-funksional, tizimli, kibernetik, fanlararo va kompleks sintez yondashuvlarini o‘z ichiga olgan metodologik asos (o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, o‘zgarish va dinamikani hisobga olish, fanlararo yondashuv)lar  O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatida yoshlar o‘rtasida ekologik ongni shakllantirish, ekologik loyihalar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishda nazariy-metodik asos sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respu-blikasi Yoshlar ishlari boshqarmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi №0208/823-son dalolatnoma).  Natijada, ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan agentlikning yoshlar orasida ekologik ongni shakllantirishda, ma’naviy sohadagi islohotlarni aniq va tizimli yetkazishda hamda yoshlarda aniq fikrlarni yanada boyitishda foydalanildi.
    Ekologik tizimlarning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik kabi asosiy xususiyatlari va zaruriy xilma-xillik, o‘z-o‘zini tashkil etishning sinergetik, evolyusiyaning davriyligi va qaytmasligi, optimallik va moslashuvchanlik, an-tropogen ta’sir kabi qonuniyatlari asoslab berilgan, shu jumladan yaxlitlik, ierarxiyaviylik, o‘z-o‘zini tashkil etish va barqarorlik tamoyillari takomil-lashtirilga oid taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi faoliyatida qo‘llangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma’lumotnomasi, 2025-yil 13-oktyabr, №01/18-2-3665-son). Natijada, dissertatsiyadagi ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik tizimlarning barqarorlik, o‘zgaruvchanlik, o‘z-o‘zini tashkil etish, ierarxiyaviylik hamda antropogen ta’sir qonuniyatlarini ochishga xizmat qilgan.
    Hozirgi davrda yuzaga kelayotgan ekologik inqirozlar, global o‘zgarishlar va ekotizimlardagi o‘zaro bog‘liqliklarning buzilishi tabiatni oddiy yoki alohida qismlar orqali emas, balki yagona tizim kontekstida ochib berish asoslab berilgan. Bundan tashqari, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy xulosalar, xususan, ekologik tizimlarning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik xususiyatini, o‘z-o‘zini tashkil etishning sinergetik va evolyusion qonuni-yatlari, barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat etikasi tamoyillari “Orolbo‘yi hududida, sho‘r tuproq va suv tanqisligi sharoitida kunjut navlarini etishtirishning resurs-tejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish” nomli loyiha doirasida belgilangan ilmiy vazifalarni bajarishda nazariy-metodik asos sifatida foydalanilganligi ham tasdiqlangan (2025-yil 16-oktyabr, №01-22-04/1066-son ma’limotnoma va dalolatnoma). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan g‘oyalar asosida Orolbo‘yi hududida, sho‘r tuproq va suv tanqisligi sharoitida kunjut navlarini etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etishga oid qarashlarni ilmiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish