Niyozova Salomat Saparovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu47.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Atajanov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar viktimologik profilaktikasini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish hamda mazkur jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga etmaganlarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan oila ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila ekanligi asoslab berilgan;
ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga etmaganlarni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishiga, chekishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurati va nazoratsiz yoki qarovsiz qolgan voyaga etmaganlarga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilishi isbotlangan;
jabrlanuvchi tomonidan jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi jinoiy javobgarlikni istisno etuvchi holat ekanligi; shaxsning jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar etkazgan shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi asoslangan;
xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayotiga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik) zo‘ravonlik hisoblanishi; o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan ayol jabrlanuvchi ekanligi asoslantirilgan;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari; tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar, shuningdek zo‘ravonlik sodir etgan yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar hisobini yuritish lozimligi isbotlangan;
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar tashkil etishi lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jabrlanuvchi sifatida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila, nazoratsiz yoki qarovsiz bo‘lgan voyaga etmaganlarga alohida e’tibor qaratishga doir tushunchalarga berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi «Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–263-son Qonunining 3-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2016 yil 23 fevraldagi 05/01-07-40-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar voyaga etmaganlarning zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlardan jabrlanishning oldini olishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasida ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki muhimligi, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga etmaganlarga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish tartibi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi «Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–263-son Qonunining 7- va 20-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2016 yil 23 fevraldagi 05/01-07-40-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga etmaganlar viktimligining oldini olishda ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning mas’uliyatini belgilashga, shuningdek yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsning jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida o‘zini boshqara olmay qolishi natijasida jinoyat sodir etishini qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida qaralishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 411-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 29 avgustdagi 06-16/1227-son ma’lumotnomasi), jabrlanuvchining jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida o‘zini boshqara olmaslik oqibatida huquqbuzarlik sodir etishi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 211-moddasining kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 avgustdagi 06/1417-son dalolatnomasi). Kiritilgan ushbu normalar jabrlanuvchini jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida o‘zini boshqara olmay qolishi jinoiy va ma’muriy javobgarlikni istisno qilib, viktimlikning oldini olishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish orqali ularning hayotiga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik) zo‘ravonlik hisoblanishi va o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan ayol jabrlanuvchi ekanligi borasidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ–561-son Qonunining 3-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 06-14/17-son xati). Qonunga kiritilgan ushbu tushunchalar shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar viktimligining oldini olishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari; tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar hisobini yuritish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ–561-son Qonunining 15-, 16-moddalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 06-14/17-son xati). Qonunga kiritilgan ushbu normalar xotin-qizlarga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish va ularning hisobini yuritish tizimini tashkil etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
jabrlanuvchilarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha maxsus markazlar tashkil etilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ–561-son Qonunining 27-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 06-14/17-son xati). Qonunga kiritilgan ushbu modda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish