Berdiev Temurbek Maxmudullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.13 –Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5853.
Ilmiy rahbari: Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Sanjar Baxodirovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Tashxodjaev Muxtorxon Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish asosida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayonlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning muvaffaqiyat darajasini baholovchi “Raqamli boshqaruvning integral indeksi”ni ishlab chiqish orqali oliy ta’lim muassasalarining nafaqat texnologik infratuzilmasini, balki ushbu texnologiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiyalash darajasini, shuningdek ularning samaradorligi, shaffofligi va resurslarni optimallashtirishga ta’sirini kompleks baholashga doir taklifi ilmiy asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida mavjud raqamli tizimlar edo.ijro.uz, HEMIS va sun’iy intellekt asosidagi monitoring vositalarini bir butun integratsion modelga birlashtirish orqali boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirishga doir taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Dinamik aqlli risk boshqaruvi” tizimini joriy etish orqali moliyaviy, reputatsion va operatsion xavflarni sun’iy intellekt va simulyasiya modellari yordamida doimiy modellashtirib, proaktiv boshqaruv qarorlarini qabul qilishga doir taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘p omilli ekonometrik prognoz modeli asosida OTMlar boshqaruv samaradorligi indeksining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayonlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning muvaffaqiyat darajasini baholovchi “Raqamli boshqaruvning integral indeksi”ni ishlab chiqish orqali oliy ta’lim muassasalarining nafaqat texnologik infratuzilmasini, balki ushbu texnologiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiyalash darajasini, shuningdek ularning samaradorligi, shaffofligi va resurslarni optimallashtirishga ta’sirini kompleks baholashga doir taklifi asosida oliy ta’lim muassasalarining raqamli boshqaruvning integral indeksi ko‘rsatkichi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi) va bu ko‘rsatkich O‘bekistondagi oliy talim muassaalaring milliy reytingni aniqlashda mustaqil indikator sifatida foydalanildi.
oliy ta’lim muassasalarida mavjud raqamli tizimlar edo.ijro.uz, HEMIS va sun’iy intellekt asosidagi monitoring vositalarini bir butun integratsion modelga birlashtirish orqali boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamli transformatsiya bo‘yicha ichki buyruqlari va HEMIS integratsiyasi loyihalari doirasida tasdiqlandib, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi) markaziy universitetlar O‘zMU, SamDU, TATU va TDIUda sinov tariqasida amaliyotga joriy etilib, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish darajasi 82 foizga etkazilgan hamda ma’lumotlar qayta ishlash vaqtini 60 foizga qisqartirishga erishilgan.
oliy ta’lim muassasalarida “Dinamik aqlli risk boshqaruvi” tizimini joriy etish orqali moliyaviy, reputatsion va operatsion xavflarni sun’iy intellekt va simulyasiya modellari yordamida doimiy modellashtirib, proaktiv boshqaruv qarorlarini qabul qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2025-2026-yillarda sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida pilot loyiha sifatida sinovdan o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi) va moliyaviy inqirozlar 12 oy oldin 89% aniqlik bilan bashorat qilinib, inqirozga qarshi choralar qabul qilish muddati 55% ga qisqardi.
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘p omilli ekonometrik prognoz modeli asosida OTMlar boshqaruv samaradorligi indeksining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish taklifi bo‘yicha keltirilgan prognoz qiymatlari oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishga doir rivojlantirish konsepsiyasini ishlab 11 chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi).
Ilmiy kengash raisi,
i.f.d., professor
G.Q. Abduraxmanova
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash kotibi, i.f.d., professor
O.Dj. Djurabaev
Ilmiy rahbar,
i.f.d., professor
N.N. Shamshieva
Talabgor
T.M. Berdiev