Baboev Saidmurat Kimsanboevich

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

      I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston sharoitida bug‘doyni biofortifikatsiyalash va sariq zang kasalligiga chidamli navlar yaratish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: biologiya fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V110.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘simlik va xayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti  16.07.2013.V.15.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abzalov Miradxam Fuzaylovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor, Axmedov Jamolxon Xodjonovich, biologiya fanlari doktori; Davronov Qaxramon Davronovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Genomika va Bioinformatika markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: Bug‘doyning zang kasalliklariga chidamli, mahalliy sharoitlarga moslashgan, non bo‘lish sifati yaxshilangan yangi navlarini yaratish hamda temir va rux mikroelementlariga boy genotiplarni qidirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ilk bor O‘zbekistonda biokimyoviy usulda don tarkibidagi gliadin oqsillari polimorfizmi tadqiq qilinib, mahalliy bug‘doy navlarining elektroforetik spektri bo‘yicha polimorfizmi aniqlangan;

nav populyasiyasi ichida elektroforetik spektrlari bo‘yicha farq qiluvchi biotiplarga ajratilgan va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha istiqbolli navlar duragaylash asosida mahalliy sharoitga moslashgan yangi «Pahlavon» bug‘doy navi yaratilgan;

sariq zang kasalligiga sun’iy yaratilgan infeksion fonda jahon genofondidan olingan bug‘doy namunalari skrining qilingan va chidamli tizmalar tanlab olingan, sariq zang kasalligiga chidamlilik belgisining irsiylanishini tahlil qilish asosida zang kasalligiga chidamli bo‘lgan yangi «Bardosh» yumshoq bug‘doy navi yaratilgan;

O‘zbekistonda bug‘doyda sariq zang kasaligining qo‘zg‘atuvchisi Puccinia striiformis West.sp.tritici zamburug‘ining populyasiya tarkibi diferensiator navlardan foydalanib tahlil qilingan, zamburug‘ning patotip tarkibi aniqlangan, bir nechta kichik samarali genlar yordamida nazorat qilinuvchi nospesifik chidamlilikka ega bo‘lgan donorlar tanlab olingan;

bug‘doyni biofortifikatsiyalashda qadimiy mahalliy bug‘doy navlaridan donor sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bug‘doyning «Pahlavon» navi 2014 yildan istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi 318-sonli buyrug‘i);

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan «Bardosh» naviga guvohnoma berilgan (2015 yil 24 martdagi 430-sonli qaror);

yumshoq bug‘doyning «Bardosh» navi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan Davlat reestriga kiritilgan. Nav 2015 yilda Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga tumanlashtirilgan hamda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga istiqbolli deb topilib, Surxondaryo viloyati Denov va Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanlaridagi urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida 78 gektar maydonda jami 200 tonna superelita urug‘lari etishtirilgan (2014 yil 31 dekabrdagi 318-sonli buyruq);

bug‘doyning «Bardosh» navi elita urug‘i Sirdaryo viloyatida 519 gektar maydonda ekilgan (Qishloq xo‘jalik ilmiy markazi Sirdaryo bo‘limining 2015 yil 12 avgustdagi 07/16-sonli xati). Bu navni etishtirishdagi iqtisodiy samara zang kasalliklariga chidamlilik hisobiga hosildorlik 5–10 foizgacha ortgan, bu gektaridan o‘rtacha 200–250 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish