Nikolaeva Kamila Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global ekologik muammolarni hal etishda Xitoy Xalq Respublikasining o‘rni va roli», 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ss26.
Ilmiy rahbar: Karimova Natal`ya Ermanovna, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.28.12.2017.S.21.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Baxadirov Murat Maxmudovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining global ekologik muammolarni hal etishdagi o‘rni va rolini kompleks yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy hukumatining iqlimning o‘zgarishi, atmosferaga zaharli gazlarning tarqalishi, atrof-muhitni himoya etish, «yashil» iqtisodiyot va ekologiya yo‘nalishidagi global siyosiy tashabbuslari yoritilgan.
Xitoy Xalq Respublikasining "Iqlim o‘zgarishlarga qarshi kurashish bo‘yicha javob choralarining davlat loyihasi” da ilgari surilgan global ekologik muammolarini hal etishda turli mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari aniqlangan.
BMTning cho‘llashishga qarshi kurashish konvensiyasi, cho‘llashishning dunyo global muammosi darajasiga chiqishi va bu boradagi Xitoyning tajribasi asoslangan.
XXRdagi biologik xilma-xillikni saqlab qolish va atrof-muhitga antropogen ta’sirini kamaytirish borasida Xitoy davlati olib borayotgan yashil iqtisodiyotga o‘tish faoliyati dalillangan.
XXRning xalqaro ekologik tashkilotlar BMTning atrof-muhit muhofazasi dasturi – UNEP, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlari yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global ekologik muammolarini hal etishda Xitoy Xalq Respublikasining rolini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
global ekologik muammolarini hal etishda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2018 yil 24 sentyabrdagi 04/1936-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari va xulosalari ekologik muammolarni tasniflash va ularning namoyon bo‘lishi bo‘yicha yangi g‘oyalar va takliflarni ishlab chiqish, ularni hal etishning huquqiy asoslarini mustakamlash imkonini yaratgan;
XXRdagi biologik xilma-xillikni saqlab qolish va atrof-muhitga antropogen ta’sirni kamaytirish borasida Xitoy davlati olib borayotgan faoliyat bo‘yicha olingan xulosalardan “Mamlakatshunoslik" o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Grif № 434-155). Natijada o‘quv qo‘llanmaning "Globallashuv sharoitida Xitoy" bo‘limi ma’lumotlarini 1 va 2-bosqich talabalariga faktik materiallar asosida etkazishga asos bo‘lgan;
atrof muhitni muhofaza qilishning global muammolarini echish masalasida Si Szin`pinning "Bir maqon, bir yo‘l" tashabbusining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish haqidagi tashabbusi bo‘yicha olingan xulosalardan Gan`su provinsiyasining Ijtimoiy fanlar akademiyasi ilmiy faoliyatida foydalanilgan (Gan`su provinsiyasi Ijtimoiy fanlar akademiyasining 2019 yil 30 avgustdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada akademiyaning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarida ekologik mumammolar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlashga asos bo‘lgan.