Mamarizaev Ibroxim Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Endotoksikozli onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar salomatlik holati", 14.00.09-Pediatriya, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5468
Ilmiy raxbarlar: Ibragimova Marina Fyodorovna, tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent; Shavazi Nargiz Nuralievna tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi endotoksikoz bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda yurak qon tomir, nafas va markaziy asab tizimlarida kuzatiladigan asoratlarni bashorat qilish va oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endotoksikoz bilan kechgan homiladorlikdan tug‘ilgan chaqaloqlarda erta neonatal davrda hayotiy muhim tizimlar faoliyatida buzilishlar sezilarli darajada uchrashi (nafas olish tizimidagi - 87,8%, markaziy asab tizimi shikastlanish belgilari-69,4%, yurak-qon tomir tizimi etishmovchiligi-71,4% (p<0,05)) va bu holatlar onadagi endotoksikoz og‘irlik darajasi ortishi bilan kuchayishi aniqlangan;
ilk bor "ona-homila" tizimida ayollarda endotoksikoz va oksidativ stressning kuchayishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda erta neonatal moslashuv buzilishlari rivojlanishining yetakchi patogenetik (neyron-spesifik enolaza, malondialdegid orasida kuchli bog‘liklik (rs=0,93; rs=0,74)) omillaridan biri ekanligi isbotlangan;
endotoksikoz bilan og‘rigan homilador ayollarda oksidativ stress va antioksidant himoya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali ularda MDA darajasi 3,88 baravar, neyron-spesifik enolaza - 2,55 baravar, sial kislotalar - 1,53 baravar, siydik kislotasi - 1,62 baravar oshishi, fonida superoksiddismutaza faolligining 0,49 baravar pasayishi aniqlangan va bu xolat endogen zaharlanishning og‘irlik darajasini belgilashi asoslangan;
endotoksikoz bilan kechgan homiladorlikdan tug‘ilgan chaqaloqlarda umumiy klinik, oksidativ stress va antioksidant himoya tizimi kursatkichlarini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha L-karnitin, koenzim Q10 preparatlarini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endotoksikozli onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar salomatlik holatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 28-mart 05/30-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: endotoksikoz bilan kechgan homiladorlikdan tug‘ilgan chaqaloqlarda erta neonatal davrda hayotiy muhim tizimlar faoliyatida buzilishlar sezilarli darajada uchrashi (nafas olish tizimidagi - 87,8%, markaziy asab tizimi shikastlanish belgilari-69,4%, yurak-qon tomir tizimi etishmovchiligi -71,4% (p<0,05)) va bu holatlar onadagi endotoksikoz og‘irlik darajasi ortishi bilan kuchayishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026yil 3-fevral`dagi 6-soni bilan tasdiqlangan “Onaning endotoksikozida chaqaloqlarda yallig‘lanish va oksidativ stress markerlarini kompleks baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 13.03.2026 2278-7-107-TB/2026-sonli buyrug‘i, Surxondaryo viloyati Uzun tuman tibbiyot birlashmasining 20.02.2026 yildagi 372-8-118TB/2026-son buyrug‘i asosida amaliy faoliyatga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026-yil “28” mart 05/30 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda neonatal va perinatal patologiya bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishga, shuningdek, perinatal yordam tizimini hududiy va milliy darajada optimallashtirishga imkon berdi. Iqtisodiy smaradorlik: endotoksikozga chalingan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asoratlar davolanishidan tejalgan xarajatlar 445000 so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor "ona-homila" tizimida ayollarda endotoksikoz va oksidativ stressning kuchayishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda erta neonatal moslashuv buzilishlari rivojlanishining yetakchi patogenetik (neyron-spesifik enolaza, malondialdegid orasida kuchli bog‘liklik (rs=0,93; rs=0,74)) omillaridan biri ekanligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 3-fevral`dagi 6-soni bilan tasdiqlangan “Onaning endotoksikozida chaqaloqlarda yallig‘lanish va oksidativ stress markerlarini kompleks baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 13.03.2026 2278-7-107-TB/2026-sonli buyrug‘i, Surxondaryo viloyati Uzun tuman tibbiyot birlashmasining 20.02.2026 yildagi 372-8-118TB/2026-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 28-mart 05/30-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda kasallikni erta tashxislashni takomillashtirish orqali perinatal asoratlarni uchrash chastotasi kamayitirilgan, go‘daklar kasallanishi va o‘limi darajasini pasaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda kasallikni erta tashxislash perinatal asoratlarning oldini olinishi va ularga erta tashxis qo‘yish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanishi hisobiga davlat tomomnidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: endotoksikoz bilan og‘rigan homilador ayollarda oksidativ stress va antioksidant himoya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali ularda MDA darajasi 3,88 baravar, neyron-spesifik enolaza - 2,55 baravar, sial kislotalar - 1,53 baravar, siydik kislotasi - 1,62 baravar oshishi, fonida superoksiddismutaza faolligining 0,49 baravar pasayishi aniqlangan va bu xolat endogen zaharlanishning og‘irlik darajasini belgilashi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026yil 3-fevral`dagi 6-soni bilan tasdiqlangan “Onaning endotoksikozida chaqaloqlarni kompleks davolashning samaradorligi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 13.03.2026 2278-7-107-TB/2026-sonli buyrug‘i bilan, Surxondaryo viloyati Uzun tuman tibbiyot birlashmasining 20.02.2026 yildagi 372-8-118TB/2026-son buyruq bilan kilinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 28-mart 05/30-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: endotoksikozning chaqaloqlar salomatligining uzoq va yaqin muddatli oqibatlarini o‘rganish va asoratlarni oldini olish go‘daklar kasallanishi va o‘limini kamaytirishga, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga hamda davlat sog‘liqni saqlash mablag‘laridan oqilona foydalanishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: asoratlarni oldini olish statsionar davolash muddatini qisqartirib qayta ambulator murojaatlar sonini kamaytirish hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endotoksikoz bilan kechgan homiladorlikdan tug‘ilgan chaqaloqlarda umumiy klinik, oksidativ stress va antioksidant himoya tizimi kursatkichlarini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha L-karnitin, koenzim Q10 preparatlarini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 3-fevral`dagi 6-soni bilan tasdiqlangan “Onaning endotoksikozida chaqaloqlarni kompleks davolashning samaradorligi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 13.03.2026 2278-7-107-TB/2026-sonli buyrug‘i bilan, Surxondaryo viloyati Uzun tuman tibbiyot birlashmasining 20.02.2026 yildagi 372-8-118TB/2026-son buyruq bilan kilinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 28-mart 05/30-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: endotoksikozli onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarni tashxislash va takomillashtirilgan davolash-profilaktika usullaridan foydalanish (L-karnitin, koenzim Q10 preparatlari) yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy yukni kamaytirish, sog‘lom bolalar tug‘ilishini oshirish va noxush neonatal oqibatlar chastotasini pasaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Endotoksikozli onalardan tug‘ilgan chaqaloqlardagi asoratlarni o‘zvaqtida aniqlab ularni davolash statsionarda bo‘lish muddatini 11,6 ± 1,4 sutkadan 10,3 ± 1,2 sutkagacha qisqarib, o‘rtacha 1,3 koyka-kunga kamayganligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.