Daniyarov Baxtiyor Xudayberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili leksik sinonimlarining lisoniy va nutqiy munosabati, leksikografik tadqiqi”. 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fil178
Ilmiy maslahatchi: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Turniyozov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili leksik sinonimlarining lisoniy va nutqiy voqelanishi hamda leksikografik masalalarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lisoniy darajalanish qonuniyati o‘zbek tili leksik sinonimlarining graduonimik metodologiyasi sifatida ustuvor ahamiyat kasb etishi “oraliq uchinchining mutlaqligi” hodisasiga tayanilgan holda asoslangan;
o‘zbek tilida o‘z va o‘zlashma leksemalar sinonimik munosabatlarining tartiblanishi va tasniflanishi, leksik sinonimlarning ishlatilishi, qo‘llanish ko‘lami, leksik-semantik tuzilishi hamda bu birliklarning turli lug‘atlarda adekvat aks ettirilishi faktik materiallar asosida dalillangan;
o‘zbek tili leksik sinonimlarining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligining o‘ziga xos antropo-pragmatik jihatlari ochib berilgan;
sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabatlari ko‘p aspektli kompleks tahlil qilinib, leksik birliklarning funksional-stilistik va derivatsion xususiyatlari aniqlangan;
so‘zning leksik-semantik ma’nosi uni o‘rab turgan leksik qurshov va kontekst semantikasiga bog‘liqligi, leksemalarning semantik strukturasida yangi semik komponentlarning hosil bo‘lish jarayoni hamda bunga sabab bo‘luvchi paradigmalarning yetakchi omil bo‘lganligi isbotlangan;
o‘zbek tili Milliy korpusida leksik sinonimlarning semantik xususiyatlarini aniqlash maqsadida kompyuterlashtirilgan dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan, on-layn yoki off-layn tizimida ishlaydigan qidiruv dasturini mukammallashtirish jarayoni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili leksik sinonimlarining lisoniy va nutqiy munosabati, leksikografik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili izohli lug‘atlarida sinonimlar tavsifi va uni takomillashtirish vazifalari, tadqiq jarayonida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan, takomillashtirilgan usullari va uning til taraqqiyotidagi o‘rni, xususan, sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabatiga oid nazariy xulosalari FA-F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4329–son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy natijalari tegishli lug‘aviy birliklarning (arxitektor, me’mor; nerv, asab; nohiya, tuman; shifokor, vrach) tahlili va izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek tili leksik sinonimlari tadqiqining falsafiy metodologik asoslari, leksik sinonimlar tadqiqining lingvistik metodologiyasi, sinonimlarning lingvopragmatik xususiyatlari, leksik o‘zlashmalarda sinonimik munosabatlarning tartiblanishi va tasniflanishi, sinonimlarning nutqiy voqelanishi, o‘zbek tilining Milliy korpusida leksik sinonimlarning o‘rni masalasini yoritishga oid nazariy xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4329-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida ko‘plab lug‘aviy birliklarning izohlari mukammallashtirilgan;
o‘zbek tili lug‘aviy sinonimlarining lisoniy darajalanishi, leksik sinonimlar tadqiqining lingvistik metodologiyasi, leksik o‘zlashmalar va ularning o‘zbekcha sinonimlari, sinonimlarning nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi masalasiga oid nazariy xulosalardan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4329-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar leksik sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabati, leksikografik tadqiqi jarayonida asos bo‘lib xizmat qilgan;
leksik o‘zlashmalar va ularning o‘zbekcha sinonimlari, o‘zbek tili leksik o‘zlashmalarida sinonimik munosabatlarning tartiblanishi va tasniflanishi muammosi, izohli lug‘atlarda leksik sinonimlar tavsifi va uni takomillashtirish vazifalari, o‘zbek tili sinonimlari izohli lug‘atida ma’nodosh birliklar tavsifiga oid xulosalar OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4329-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi leksik sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabatini yoritish, leksikografik tadqiq qilishda jahon tilshunosligi materiallaridan foydalanish, leksik sinonimlarning matn hosil qilish va uslubiy imkoniyatlarini yoritish uchun muhim asos bo‘lgan;
tilning leksik sathi, leksik-semantik munosabatlarini substansial asoslarda yoritishga xizmat qiluvchi, oliy o‘quv yurti talabalariga mo‘ljallangan “Hozirgi o`zbek adabiy tili” (ISBN 978-9943-10-436-5) darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4329-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning leksikologiya sohasidagi, ayniqsa, leksik sinonimlar bo‘yicha bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda;
til taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, o‘zbek tilidagi leksik sinonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari, sinonimlarning nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi, sinonimlarning matn hosil qilish va uslubiy imkoniyatlarini ochib berishda “Til – millat ko‘zgusi”, “Qadriyat”, “Daxldorlik tuyg‘usi” ko‘rsatuvlari hamda “Dolzarb mavzu”, “Munosabat” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 23 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.