Raxmatullaeva Umida Saydazimovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Milliy kostyumni loyihalashning ilmiy-metodologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T1011.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Xalida Xafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Nabijanova Nargiza Naimjanovna, texnika fanlari doktori, professor;  Po‘latova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek milliy an’anaviy kostyumini texnik-dizayn ob’ekti sifatida ilmiy jihatdan tahlil qilish, uning shakllanish qonuniyatlarini tizimli o‘rganish va  «Inson → Milliy kostyum → Muhit» ilmiy modeli asosida milliy kostyumni loyihalashning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, shu asosda uni zamonaviy kostyum dizayni tizimlariga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor milliy kostyumni loyihalashning ilmiy-metodologik asoslari tizimli-dizayn yondoshuvi va  «Inson → Milliy kostyum → Muhit” ilmiy modeli asosida ishlab chiqilgan;
milliy kostyumni loyihalashda qo‘llaniladigan metodologik tamoyillar (tizimli-strukturaviy, tarixiy-retrospektiv, badiiy-kompozision, konstruktiv-texnologik tahlil, eksperimental baholash) usullari ilk bor yagona kompleks ilmiy tizim sifatida shakllantirilgan;
milliy kostyumni loyihalashning ilmiy-metodologik modeli “Milliy kostyum kodi”ga tayangan mazkur tizimli formula orqali “kostyum paketi + bichim + mato + texnologik usul + rang-tus + bezak + naqsh” kabi tarkibiy elementlarning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
o‘zbek milliy kostyumining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy, iqlimiy, iqtisodiy va estetik omillar loyihalash metodologiyasining tarkibiy qismi sifatida ilmiy tasniflangan;
milliy kostyum paketi tarkibida qo‘llanilgan an’anaviy matolarning fizik-mexanik va issiqlik almashinuvi xususiyatlari eksperimental usullar orqali aniqlangan va ularning loyihalash jarayonida qo‘llanish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
hududiy xususiyatlar inobatga olingan holda, ayollar milliy kostyumini loyihalashda kiyim osti mikroiqlimini baholashning ilmiy-metodologik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Milliy kostyumni loyihalashning ilmiy-metodologik asoslari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 ishlab chiqilgan Amir Temur va Bibixonim tarixiy kostyumlari rekonstruksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazining “Temuriylar davri-II Renessans” bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan №05-14/163-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi” 06.04.2026 yil № 01/06-494-sonli ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi tomonidan ijtimoiy samaradorligi tegishli dalolatnomalar bilan tasdiqlandi (15.09.2025 yil, Amir Temur va Bibixonim tarixiy kostyumlari rekonstruksiyasi ishlab chiqarishga joriy qilish akti). Natijada, rekonstruksiya qilingan kostyumlar milliy madaniy merosni saqlash, muzey ekspozisiyalarini boyitish, tarixiy kostyum dizaynini rivojlantirish jarayonlarida amaliy manba sifatida xizmat qilish imkoniga erishilgan;
buyuk Amir Temurning suyukli rafiqasi Bibixonimning bashang tarixiy kostyumi rekonstruksiyasi Fransiya, Parijda bo‘lib o‘tgan “O‘zbek modasi: an’analar va ilhom cho‘qqisi”milliy va zamonaviy xalqaro liboslar defilesida namoyish etilgan va tadqiqot ishining madaniy va ijtimoiy ahamiyati Fransiya elchixonasi hamda Parij Moda Akademiyasi tomonidan yuqori baholanib taqdirlangan (13.11.2025 yilda, FC № 004 diplomi). Natijada, o‘zbek milliy kostyum san’ati, temuriylar davri madaniy merosi va tarixiy liboslarining badiiy-estetik qiymati xalqaro jamoatchilikka keng targ‘ib qilindi. 
“Ayollar ko‘ylagi” Bibixonim tarixiy kostyumi  uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida” gi sanoat namunasiga patent olingan (sanoat namunasiga patent 12.07.2025, №SAP 2741). Natijada mazkur rekonstruksiya milliy an’analarni zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilib, o‘zbek milliy libos dizaynining xalqaro nufuzini oshirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish