Qodirova Zohidaxon Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped405.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Atamurodova Roxila Qarshievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari (adaptiv, refleksiv va aksiologik) uzluksiz malakaviy amaliyot tuzilmasini maqsadga yo‘naltirilgan, mazmunli, tashkiliy-faoliyatga yo‘naltirilgan, analitik-natijaviy komponentlari bilan qayta aloqaga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik mazmuni tarbiyalanuvchilarda ma’naviy kompetensiyalarni (odatlanish, ehtiyojlarini bildirish, muloqotga kirishuvchanlik, o‘z-o‘zini eplay olish) shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat natijalarini empirik baholash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari o‘quv-tarbiyaviy, yozgi pedagogik amaliyot, o‘quv-texnologik va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishda modulli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi individual, muammoli, keys-topshiriqlari majmuini ishlab chiqish, talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlashning konstruktiv tarkibiy asoslarini jadallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari, uzluksiz malakaviy amaliyot tuzilmasini maqsadga yo‘naltirilgan, mazmunli, tashkiliy-faoliyatga yo‘naltirilgan, analitik-natijaviy komponentlarini aniqlashtirishga doir takliflardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 89-03-377-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etishda uzviylikni ta’minlashga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik mazmuni, o‘quv-tarbiyaviy, yozgi pedagogik amaliyot, o‘quv-texnologik va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishda modulli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga doir takliflardan PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 89-03-377-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi, talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlashning konstruktiv tarkibiy asoslarini jadallashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 89-03-377-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda texnologik kompenetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.