Shaxova Irina Aleksandrovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bosh miya jaroxati bo‘lgan bemorlarda burun xalqum komponentli noinvaziv maxalliy gipotermiyasi», 14.00.37–anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib.307.

Ilmiy maslahatchi: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.Tib.17.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Myung Xa Yun, tibbiyot fanlari doktori, professor; K.E. Maxkamov, tibbiyot fanlari doktori; E.A. Satvaldieva, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Indje universiteti (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: kraniotserebral gipotermiyaning noinvaziv usullari bilan birgalikda bosh miya asosini nazofaringeal sovitish usulini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yo‘li orqali o‘zak tuzilmalari jarohati bilan og‘ir bosh suyagi va miya shikastlarida neyroproteksiya va davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk bor bosh miyaning o‘zak tuzilmalarini ishemiyadan himoya qilishning asosiy usuli sifatida sovitishning nazofaringeal komponenti bilan bosh miyani noinvaziv sovitishi usuli yaratilgan (Patent RU № IAP 04985, 14.11.2012);

ilk bor qiyosiy aspektda bosh miyani noinvaziv sovitishi turli usullarining bosh miya haroratini pasayishi tezligi, intensivligi va rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;

bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ini termokartirlash va infraqizil aurikulyar termometriyasi bilan mikroto‘lqinli radiotermometriya usulida bosh miya turli tuzilmalarini sovitish xarakteri va darajasi aniqlangan;

ilk bor og‘ir bosh suyagi va miya shikastlarida, shuningdek ushbu patologiya bilan bemorlarga bosh miya noinvaziv sovitishi o‘tkazilganda bosh miya o‘zak tuzilmalari jarohatlarining uchrashi tez-tezligi isbotlangan;

ishlab chiqilgan bayonnoma asosida bosh miyani noinvaziv sovitishi o‘tkazishning optimal muddatlari o‘rganilgan, isitish xarakteri va xususiyatlari, yuzaga keluvchi asoratlar va ularning profilaktikasi aniqlangan;

ilk bor bosh miyani mahalliy sovitishning qon ivishi sistemasi, kislota-asos muvozanati va gomeostazning boshqa ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;

serebral komadan chiqish muddatlari, arterial gipotenziya va o‘pkaning su’niy ventilyasiyasi davomiyligi, intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish va og‘ir bosh suyagi va miya shikasti bo‘lgan bemorlarda bosh miyani noinvaziv sovitishini amalga oshirishda kognitiv funksiyalarning tiklanishi muddatlari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tadqiqot natijalari «Bosh miyaning noinvaziv gipotermiyasi usuli» O‘zbekiston intellektual mulk agentligi, № IAP 04985, 14.11.2012 y. ixtiroga patent ko‘rinishida rasmiylashtirilgan;

bosh miyaning noinvaziv (nazofaringeal) gipotermiyasi usuli sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi №8n/09 29.08.2015 y.), jumladan Markaziy harbiy klinik gospitali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Uchinchi klinikasi anesteziya va reanimatsiya bo‘limlariga joriy qilingan. Bu o‘lim 5,6 foizga oqibatini pasayishi va jarohatlanganlarning hayot sifati va kasallik bashoratini yaxshilanishini ta’minlaydi (bemorlarning statsionardagi o‘rin kuni 1,4 martagacha qisqardi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish