Quvonov Zarif Omonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abduqodir Hayitmetovning adabiyotshunoslik faoliyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil487.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya  fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy  opponentlar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya  fanlari doktori, professor; Olimov Sultonmurod Hoshimovich, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abduqodir Hayitmetovning hayot yo‘li va ilmiy faoliyatini yoritish, adabiy-estetik qarashlarining asoslari, shakllanish bosqichlari, yetakchi tamoyillarini aniqlash, navoiyshunoslikka qo‘shgan hissasi, muayyan adib ijodiga yondashuv usullari va badiiy asarni baholash prinsiplari, nazariyotchi va matnshunos olim sifatida amalga oshirgan ishlarining mohiyati va ahamiyatini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Hayitmetov ilmiy-nazariy qarashlarining manbalari, tadriji va yetakchi tamoyillari, o‘zbek adabiyotshunosligi va navoiyshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib ulushi, tadqiqotlarining umumestetik talablarga javob berishi nazariy jihatdan asoslangan;
A.Hayitmetov tadqiqotlarida Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarining nazariy masalalari, mutafakkir shoir lirikasi, “Xamsa”ga doir asarlari orqali navoiyshunoslikni metodologik jihatdan ilmiy-uslubiy yo‘nalishda o‘rganishni boshlab bergani isbotlangan;
 Sharq mumtoz adabiyoti tarixi, navoiyshunoslik, xalq og‘zaki ijodi, matnshunoslik, zamonaviy o‘zbek adabiyoti masalalari bilan shug‘ullangan ko‘p qirrali tadqiqotchi sifatidagi individual mahorati ilmiy dalillangan;
olimning mumtoz adabiyotimiz ulug‘ siymolari haqidagi ilmiy va adabiy-tanqidiy asarlari o‘zbek adabiyoti tarixini yaratishda muhim manba  bo‘lib xizmat qilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
A.Hayitmetovning adabiyotshunoslikka doir faoliyati hamda tadqiqotlarining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
A.Hayitmetov ilmiy tadqiqotlarida xalq pedagogikasiga xos ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarning xulosalaridan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” (2008–2010) fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89.03-2675-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasidagi buyuk allomalarimiz asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi xalq pedagogikasiga xos tarbiyaviy masalalar yangi axborotlar bilan boyitilgan;
adabiyotshunosning  tadqiqotlaridagi  og‘zaki  va yozma adabiyotning o‘zaro ta’sir  masalalariga doir nazariy xulosalaridan  F1-XT-0-19919-raqamli “O‘zbek  mifologiyasi  va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” (2012–2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 8 avgustdagi 89.03-2951-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar mumtoz adabiyot va fol`klor munosabatining o‘zaro bog‘liqligini yoritishda manba vazifasini o‘tagan;
A.Hayitmetovning ilmiy-ijodiy faoliyati va adabiy qarashlari, uning Navoiy qomusiga doir metodologik ko‘rsatmalari O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” (2012–2016) fundamental ilmiy loyihasining o‘zbek navoiyshunoslari bilan bog‘liq qismiga tatbiq qilingan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 3/1255-2645-son ma’lumotnomasi). Natijada, olimning navoiyshunoslikka doir tadqiqotlarida ilgari surilgan fikr va mulohazalaridan foydalanish loyihaning ilmiyligi hamda mukammalligini ta’minlagan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish