Kunnazarov Aziz Jumanazarovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “TDAU jiyda kolleksion bog‘idan istiqbolli shakllarni tanlash va navini yaratish”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1302.
Ilmiy rahbar: Turdiev Saydali Ashurovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: jiydaning TDAU-16 navi (NAP 605).
II. Tadqiqotning maqsadi TDAU jiyda kolleksion bog‘idan istiqbolli shakllarni tanlash va navini yaratish, nav klon ko‘chatlarini meliorativ holati og‘ir tanazzulga uchragan erlarda ihota daraxtzorlar, yashil qoplamalar barpo etish uchun ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor seleksiya asosida TDAU jiyda kolleksion bog‘idan og‘ir ekologik sharoitlarga chidamli va qimmatli belgilarga ega yangi donor TDAU-16 navi yaratilgan;
morfologik va xo‘jalik belgilariga ko‘ra TDAU-16 navi tik qomatli, meva vazni o‘rtacha 2,3 g, yuqori adaptiv xususiyatga ega ekanligi aniqlangan;
TDAU-16 navi mahalliy jiyda navlariga nisbatan hosildorligi 32 s/ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
yangi yaratilgan tik qomatli TDAU-16 navi ikkinchi yilda 4 metrgacha o‘sishi isbotlangan;
yangi yaratilgan TDAU-16 navi seleksiya yutug‘i sifatida tan olinib, Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va Intellektual mulk agentligi tomonidan NAP 605 raqamli patent olingan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq jiydasining (Elaeagnus orientalis L.) istiqbolli shakllarini seleksiya qilish orqali yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“TDAU-16” navining 300 tup ko‘chatlari Burichmullo davlat o‘rmon xo‘jaligida ekib joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishlari qo‘mitasining 2026-yilning 29-apreldagi 01/18-8-1997 – son ma’lumotnomasi). Natijada, klon ko‘chatlarini etishtirishda sarflangan 1043 so‘m, 5065 so‘m sof daromad keltirishi aniqlangan.
Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligida 300 tup yangi nav klonlari ekilib, o‘rmon xo‘jaliklari genofondi boyitilgan va ko‘chatzor tashkil etishga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishlari qo‘mitasining 2026-yilning 29-apreldagi 01/18-8-1997 – son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ona plantatsiyasini barpo etish va uning hosildorligidan yiliga 88-90 mln so‘m daromad olinishi ta’minlangan.