Raupova Aziza Usmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahrisabz me’moriy merosining mahalliy xususiyatlari va ta’mirlash muammolari (XIV-XX asrlar)”, 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/A69.
Ilmiy rahbar: Yusupova Mavluda Aminjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.San.03.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reyimbaev Shuxrat Sa’dullaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahimov Laziz Abduazizovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shahrisabz me’moriy merosining mahalliy xususiyatlari va ta’mirlash muammolarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shahrisabz me’morlik maktabining rivojida Samarqand va Buxoro me’morlik maktablarining ta’siri sezilsa-da, mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlari (yuqori namlik, seysmik faollik), qurilish usullari (Temuriylar davrida monumentallik va bezaklarning boyligi, keyingi davrlarda esa soddaligi), turli sulolalarning qurilish siyosati bilan bog‘liq omillar saqlanib qolganligi dalillangan;
Shahrisabz shahridagi turar joy uylari qurilishi boshqa mintaqaviy me’morlik maktablaridan uylarning ichki va tashqi hovlidan, uylar kompozisiyasi ustunli ayvondan tarkib topgani, mahalliy qurilish materiallarida xom g‘isht, guvala, paxsa, ichki bezak elementlarida esa tokchalar, naqshinkor shiftlar, yog‘och o‘ymakorligi elementlari qo‘llanilishi singari umumiy; uyning asosiy kompozisiyasi bir ustunli ayvondan tashkil topishi, xonalar joylashuvi qat’iy simmetriyaga ega emasligi, oila ehtiyoji va er maydonidan kelib chiqib hovli perimetri bo‘ylab joylashgani, shift naqshlarini bezashda jigarrang, to‘q qizil va to‘q yashil ranglar ko‘p qo‘llanilishi kabi o‘ziga xos xususiyatlar bilan farq qilishi isbotlangan;
Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi an’anaviy turar joy uylari saqlanish darajasidan kelib chiqib, uch xil turga: arXIV ma’lumotlarida qayd etilgan, ammo bugungi kunda saqlanib qolmagan; asl qiyofasini saqlab qolgan; hamda zamonaviy ijtimoiy funksiyalarga moslashtirilgan turar joy binolariga tasniflanishi dalillangan;
Shahrisabz tumani qishloq hududlarida joylashgan XIX–XX asrlarga oid masjidlarning (Beshkapa, Tepar, Kutchi, Tashmush, Hazrati Dovud masjidlari) me’moriy xususiyatlari va ularning konstruktiv tuzilishi (ikki qatorli karkasli devorlar, to‘sinli orayopma tizimi), saqlanib qolgan me’moriy bezaklari (yog‘och o‘ymakor eshiklar, ganch va yog‘och panjaralar, o‘ymakor ustunlar hamda naqshinkor shift bezaklari), ayrim masjidlarning tosh poydevor ustiga qurilgani (Tashmush masjidi va Hazrati Dovud masjidi) hamda ko‘plab qishloq masjidlari hovlisida mikroklimatni ta’minlash maqsadida hovuzlar mavjud bo‘lganligi (Qutchi, Chuqun masjidlarida hozirgacha saqlanib qolgan), ushbu masjidlarning XIX–XX asrlarga oid Shahrisabz tumani diniy meʼmorligiga xos boʻlgan xususiyatlarni saqlab qolganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahrisabz meʼmoriy merosining mahalliy xususiyatlari va restavratsiya muammolarini tadqiq etish natijalari asosida:
Shahrisabz tumani qishloq hududlarida joylashgan XIX–XX asrlarga oid masjidlarning (Beshkapa, Tepar, Kutchi, Tashmush, Hazrati Dovud masjidlari) me’moriy xususiyatlari va ularning konstruktiv tuzilishi (ikki qatorli karkasli devorlar, to‘sinli orayopma tizimi), saqlanib qolgan me’moriy bezaklari (yog‘och o‘ymakor eshiklar, ganch va yog‘och panjaralar, o‘ymakor ustunlar hamda naqshinkor shift bezaklari), ayrim masjidlarning tosh poydevor ustiga qurilgani (Tashmush masjidi va Hazrati Dovud masjidi) hamda ko‘plab qishloq masjidlari hovlisida mikroklimatni ta’minlash maqsadida hovuzlar mavjud bo‘lganligi (Qutchi, Chuqun masjidlarida hozirgacha saqlanib qolgan), ushbu masjidlarning XIX–XX asrlarga oid Shahrisabz tumani diniy meʼmorligiga xos boʻlgan xususiyatlarni saqlab qolganligi va davlat tomonidan muhofaza qilinadigan obidalar ro‘yhatiga kiritilishga munosib ekanligi asosllangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 14-avgustdagi 04-07/3038-son ma’lumotnomasi). Natijada Shahrisabz tumani diniy me’morligining kam o‘rganilgan namunalari ilmiy muomalaga kiritilib, me’moriy merosni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarini asrash, asl qiymatini saqlab qolgan holda ta’mirlash, qayta tiklashga va ommalashtirishga xizmat qilgan;
2014-yil 20-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq Shahrisabz shaharning tarixiy markazida amalga oshirilgan rekonstruksiya tadbirlari natijasida ayrim hollarda Shahrisabz me’moriy maktabiga xos tabiiy-iqlimiy va geologik sharoitlar, shuningdek an’anaviy qurilish texnologiyalari to‘liq hisobga olinmagani ilmiy jihatdan asoslab berilib, Shahrisabz tarixiy markazining me’moriy merosini saqlash va ommalashtirish, yodgorliklarning aslligini yo‘qotmasdan ularni ilmiy asosda restavratsiya qilishga yo‘naltirilgan ilmiy loyiha xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan YuNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasiga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan takroriy nominatsiya hujjatlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 4-noyabrdagi 02-06/4354-son ma’lumotnomasi). Natijada, me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash jarayonida ilmiy asoslangan yondashuvlarni qo‘llash, ularni madaniy va tarixiy jihatdan xalqaro miqyosda ommalashtirirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan.