Dustiyorov Mehroj Dilshodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasi sharoitida tukli erva (Aerva lanata L.) ning introduksiyasi va agrobiologiyasi”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1537.
Ilmiy rahbar: Qaysarov Vahob To‘xtamishevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, PhD.32/2025.27.12.B/Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Kuziev Abdikodir Djabbarovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo vohasi tuproq iqlim sharoitida tukli erva (Aerva lanata L.) o‘simligini introduksiya qilish orqali o‘simlikning adabtiv va agrobiologik hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Aerva lanata L. ning laboratoriya sharoitidagi urug‘ unuvchanligi 83,5%, dala sharoitida unuvchanligi 53,03% (Shahrisabz tumani) va 44,12% (Muborak tumanida) hamda issiqxona sharoitidagi 60,72% va 73,90% ga teng bo‘lishi isbotlangan;
Aerva lanata L. Shahrisabz tumani tuproq va iqlim sharoitida ontogenez davrlari uzoq va Muborak tumanida qisqa bo‘lib, generativ davr erta boshlanib tez tugashi avomiyligi 210-245 kun, o‘simlik poyasining mexanik to‘qimalari Shahrisabz tumanida rivojlanganligi, Muborak tumanida asosan parenxima ko‘proq rivojlanganligi aniqlangan;
introduksiya sharoitida Aerva lanata L. o‘simligi o‘sishi mexanik tarkibi engil, gumusga boy, neytral (pH 6-7) bo‘lishi hamda o‘simlik o‘sishi va rivojlanishi harorat yuqori (35-38 0C) bo‘lganda barqaror bo‘lishi, o‘simlikni oziqlantirish uchun maqbul 25 t/ga organik o‘g‘itlar berilganda hosildorlik ko‘rsatkichlari 35,4% ga ortganligi aniqlangan;
Qashqadaryo vohasi introduksion baholanganda Shahrisabz tumanida 75 ball va Muborak tumani sharoitida 70 ball bilan baholanib, har ikki hududning tuproq va iqlim sharoiti uchun istiqbolli tur ekanligi aniqlangan;
Aerva lanata L. ni 70×30 sm sxemasida (ko‘chatidan) ekish va uch marta (Asosiy, I va II poyalarda) chilpish agrotadbirlarini bajarish, hosildorlikni 8-10 % ga oshirishi isbotlangan;
Shahrisabz va Muborak tumani tuproq va iqlim sharoitida etishtirilgan o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi biofaol birikmalar (Shahrisabz tumanida digidro-kversitin 0,66 mg/g, kversitin 0,38 mg/g, rutin 0,18 mg/g, lyutionin 0,31 mg/g, senerozid 0,14 mg/g; Muborak tumanida digidro-kversitin 0,42 mg/g, kversitin 0,26 mg/g, rutin 0,12 mg/g, lyutionin 0,22 mg/g, senerozid 1,09 mg/g.) miqdori turning tabiiy tarqalish arealiga yaqin (Hindiston) ekanligi aniqlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tukli erva (Aerva lanata L.) dan yuqori hosildorlikka ega, sifatli hom ashyo olishda ekish me’yori va sxemasi hamda chilpish agrotadbirining qo‘llanilishi shu bilan birga ko‘paytirish usullarini (urug‘idan va ko‘chatidan) ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
dehqon, fermer xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa er egalari uchun “Tukli erva (Aerva lanata L.) ning agrobiologiyasi va ko‘paytirish usullari bo‘yicha (Qashqadaryo viloyati misolida) tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xodjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 28 avgustdagi 05/06-04-516-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma tukli ervadan yuqori hosil va sifatli hom ashyo olish hamda resurs tejamkor etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bodyicha qodllanma sifatida xizmat qiladi;
tukli erva odsimligi kodchatlarini issiqxona sharoitida tayorlash va maqbul ekish sxemasida (70×30 sm) ekish, chilpish, begona odtlarga karshi kurashish hamda organik o‘g‘itlar berish orqali kodpaytirish ishlanmalari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Turaev Nozimjon Shavkatovich” fermer xodjaligi hududida 0,02 ga va Muborak tumani “Xaydarbobo Berdimurodov” fermer xodjaligi hududida 0,02 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 28 avgustdagi 05/06-04-516-son ma’lumotnomasi). Natijada, er ustki qismi hosildorligi mos ravishda 7,676 t/ga va 5,384 t/ga xom-ashyo hamda urug‘ hosili 0,107 t/ga va 0,108 t/ga olishga erishish imkonini bergan;
tukli erva o‘simligining ko‘chatlarini maqbul muddatlarda va ekish sxemasida (70×30 sm) ekish xamda chilpish (uch marta) agrotadbirini o‘tkazish orqali ko‘paytirish ishlanmalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i hududida 0,02 ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 30 maydagi 4/1255-1344-son ma’lumotnomasi). Natijada, Dorivor o‘simliklar kolleksiyasi fondi yana bir dorivor o‘simlik bilan boyitilgan va o‘simlikning bioekologik xususiyatlari, tuproq va iqlim sharoitiga moslashuv belgilari, ko‘paytirish usullari hamda mahsuldorlikni oshirish maqsadida chilpish agrotadbirini qo‘llash orqali hosildorlik 1,4 barobarga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish