Samiev Alisher Allayor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zirabuloq-Ziyovuddin hududidagi bo‘r va paleogen chegara yotqiziqlari va ikkitavaqali mollyuskalar bo‘yicha ularning chegaralarini asoslash”, 04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM269.
Ilmiy rahbar: Xusanov Sultonboy To‘xtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.03.01.
Rasmiy opponentlar: Evseeva Galina Borisovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sharafutdinova Leyla Polatovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkitavaqali mollyuska va boshqa faunalarni aniqlash asosida geologik-tasvirlash va bashoratlash-qidirish ishlarida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi Zirabuloq-Ziyoviddin hududi bo‘r va paleogen yotqiziqlarining yangilangan mintaqaviy stratigrafik sxemasini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zirabuloq-Ziyovuddin hududida, sayyora miqyosidagi katastrofik hodisalar tufayli yuzaga kelgan, cho‘kindi to‘planishida qisqa muddatli tanaffusga mos keluvchi bo‘r va paleogen yotqiziqlarining chegarasi biostratigrafik aniqlangan;
o‘rganilayotgan hududning bo‘r va paleogen chegarasidagi biotik hodisalar, sayyorada 66-65 million yil avval yuz bergan global abiotik hodisalar bilan aloqadorligi aniqlangan;
ilk bor bo‘r va paleogen chegarasidagi cho‘kindi qatlamlarda radioaktiv va boshqa kimyoviy elementlarning miqdori yuqori bo‘lgan, organik moddalar bilan boyigan sathlar aniqlangan;
yangi avlod geologik xaritalari uchun legenda yaratish maqsadida Zirabuloq-Ziyovuddin hududining yuqori bo‘r (santon-maastrixt) va paleotsen yotqiziqlarining yangilangan stratigrafik sxemasi ishlab chiqilgan;
Zirabuloq-Ziyovuddin kesmalarining bo‘r va paleogen yotqiziqlarini chegarasida topilgan va bu chegara oralig‘idagi biotsenozlarning taksonomik tarkibini batafsil o‘rganish imkonini beruvchi 12 ta avlodga tegishli 14 ta turga mansub ikkitavaqali mollyuskalar monografik ta’riflangan va aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Zirabuloq-Ziyovuddin hududidagi bo‘r va paleogen davrlariga oid chegara yotqiziqlarining biostratigra-fik va fatsial xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
bo‘r va paleogen chegaradosh yotqiziqlarining yangilangan stratigrafik ishlab chiqilgan sxemasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 17 noyabrdagi 08-4332-son ma’lumotnomasi). Natijada, sxemadan yirik miqyosli geologik-tasvirlash va qidiruv ishlarini amalga oshirishda, o‘rganilayotgan hududning yuqori bo‘r va erta paleogen davridagi geologik rivojlanish tarixini ishonchli talqin qilish imkonini bergan;
biotsenozlarning zamon va makonda o‘zgarishi ko‘rinishidagi ekotizim modeli, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respu-blikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 17-noyabrdagi 08-4332-son ma’lumotnomasi). Natijada, chegaraviy bo‘r/paleogen davr oralig‘ida sedimentatsion havzaning geologik rivojlanish holatini tushuntirish uchun asos sifatida qo‘llash imkonini bergan;
aniqlangan biostratigrafik va fatsial o‘zgarishlar asosida bo‘r va paleogen sistemalari orasidagi chegarani aniq belgilovchi abiotik va biotik hodisalar aniqlangan bo‘lib, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 17-noyabrdagi 08-4332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘r/paleogen chegara yotqiziqlaridagi svitalarni batafsil ajratish va ularning chegaralarini aniq qiyoslash imkonini bergan.