Urunova Gulrux Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Muhit va ozuqa omillarining Afrika laqqa (Clarias gariepinus) balig‘i morfologik va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1178.
Ilmiy rahbar: Jabborov Abdurashid Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Kanatbaeva Turgankul Saduovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muhit va ozuqa omillarining Afrika laqqa (Clarias gariepinus) balig‘i morfologik va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marta O‘zbekiston sharoitida etishtirilayotgan Afrika laqqa balig‘ining o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlariga muhit va ozuqa omillarining ta’siri kompleks baholangan;
Afrika laqqa balig‘ini boshqariladigan yopiq suv ta’minoti tizimlarida qish mavsumida sun’iy ko‘paytirish va etishtirish texnologiyasi asosida vegetatsiya mavsumi boshida ochiq suv havzalarini yirik chavoqlar bilan ta’minlash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
chavoqlarni ochiq tizimli baliqchilik qafaslari va boshqa suv obektlarida turli ozuqalar bilan oziqlantirish orqali bir vegetatsiya mavsumida yirik tovar baliqlarigacha etishtirish mumkinligi aniqlangan; 
parrandachilik sanoati qayta ishlash mahsulotlaridan ozuqa sifatida foydalanish orqali baliqchilik mahsuldorligini oshirish hamda organik chiqindilarni kamaytirish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib berilgan;
Afrika laqqa balig‘ining go‘shtining kimyoviy tarkibida oqsil miqdori ko‘pligi, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar shu jumladan, lizin ulushining sezilarli darajada yuqori ekanligi shunindek, odam organizmi uchun optimal yog‘ kislotalar tarkibiga ega bo‘lganligi sababli yuqori biologik qiymatga ega ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Muhit va ozuqa omillarining Afrika laqqa (Clarias gariepinus) balig‘i morfologik va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall sinchli baliqchilik qafaslariga Afrika laqqa balig‘ining o‘rtacha og‘irligi 34,4 g bo‘lgan 1500 dona chavoqlari o‘tkazilib, broyler jo‘jalar ichak chavoqlari va panjalari qiymasi (3:1 nisbatda) bilan oziqlantirish usuli taklif etilgan va Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Ablaqul Qodir Sharif Agro” MChJning baliq hovuzida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-04-146-son ma’lumotnomasi). Natijada ozuqa koeffisienti 3,4 ni, rentabellik darajasi esa 33,5% ga etkazish imkonini bergan;
betondan qurilgan oqar suv basseynlariga o‘rtacha og‘irligi 25,6 g bo‘lgan 2400 dona Afrika laqqa balig‘ining chavoqlari o‘tkazilib, baliqlarga broyler jo‘jalarning muzlatilgan qayta ishlash mahsulotlari (farsh holatida) bilan oziqlantirish usuli taklif etilgan va Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Pulat baliq havzasi” baliqchilik xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-04-146-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy daromad 15,2 million so‘mga, rentabellik darajasi 28% ga erishish imkonini bergan; 
tuproqli hovuzga Afrika laqqa balig‘i o‘tkazilib, baliqlarga broyler tovuqlar qayta ishlash chiqindilaridan tayyorlangan qiyma bilan oziqlantirish usuli taklif etilgan va iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi asoslangan hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi “Oydin Baraka Ko‘li” MChJning baliq hovuzida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 05/06-04-146-son ma’lumotnomasi). Natijada butun vegetatsiya davomida umumiy xarajat 305 mln so‘mni, umumiy daromad 375 mln so‘mni tashkil etgan. Baliqlarni broyler tovuqlar qayta ishlash chiqindilaridan tayyorlangan qiyma bilan oziqlantirish iqtisodiy samaradorligini sanoat emi bilan oziqlantirganga nisbatan 2,3 baravar oshirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish