Xo‘jaev Shoxijoxon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l uzeliga kirish stansiyasida vagon oqimlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6555
Ilmiy rahbar: Suyunbaev Shinpolat Mansuralievich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari doktori, professor; Tulaev Altinbek Umarbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l uzeliga kirish stansiyasida vagon oqimlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vagon oqimlarini tortuv yo‘li orqali qayta ishlaydigan stansiyada tarkiblarni saralashning samarali texnologiyasi yo‘l nishabligi, saralash usuli va uzilmalar parametrlarini hisobga olgan holda tarkibni qismlarga ajratish jarayonini optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni yo‘ldan-yo‘lga o‘tkazish va shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq manyovr ishlarini vagonlar tormozlarini qo‘shmasdan bajarishda ruxsat etilgan harakat tezligi va tormoz yo‘li uzunligini aniqlash usuli lokomotivning texnik tavsiflari, tarkib massasi va yo‘l nishabligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
tortuv yo‘llari orqali tarkiblar tarqatiladigan stansiyalarda vagon oqimlarini saralashga sarflanadigan vaqtni hisoblash metodikasi lokomotiv turi va manyovr ishlari bilan bog‘liq qo‘shimcha texnologik amallarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
temir yo‘l uzeliga kirish stansiyasida yuk poezdlarini tuzishning takomillashtirilgan texnologik echimlari asosida vagonlarning qarama-qarshi yo‘nalishda bosib o‘tgan yo‘lini kamaytirish imkonini beruvchi harakatlanuvchi tarkiblardan foydalanish samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l uzeliga kirish stansiyasida vagon oqimlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vagon oqimlari tortuv yo‘li orqali qayta ishlaydigan stansiyada tarkiblarni saralashning samarali texnologiyasi, vagon oqimlarini saralashga sarflanadigan vaqtni hisoblash metodikasi va harakatlanuvchi tarkiblardan foydalanish samaradorligini baholash usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali Pop-2 stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11779-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarkibdagi uzilmalarning massasiga mos keluvchi tezlanish va tormozlanish masofalarini hisobga olgan holda uni optimal qismlarga ajratish orqali poezdni tarqatish vaqtini 23% ga qisqartirish, tortuv yo‘llarida poezdlarni tarqatishga sarflanadigan vaqtni turli lokomotivlardan foydalanish sharoitlari uchun me’yorlash va teplovozlarning o‘rniga elektrovozlardan foydalanish doirasini asoslash hamda Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida vagonlar ishchi parkini 9% ga qisqartirish imkoni yaratilgan. Bundan tashqari Pop-2 uchastka stansiyasiga manyovr ishlari uchun VL-60 rusumli elektrovoz joriy etilgan, Pop-2 stansiyasini 3-sinfdan 2-sinfga o‘tkazilib, stansiya turini yuk stansiyasidan uchastka stansiyasiga o‘tkazilgan;
temir yo‘l stansiyalarida vagonlar tormozlarini qo‘shmasdan manyovr ishlarini bajarishda ruxsat etilgan harakat tezligi va tormoz yo‘li uzunligini aniqlash usuli, temir yo‘l uchastka stansiyasi tortuv yo‘li uzunligini belgilashga doir yangi ishlab chiqilgan zaruriy ko‘rsatmalar “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Raqamlashtirish” bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11779-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ruxsat etilgan to‘xtash masofasidan kelib chiqqan holda vagonlar tormozlarini qo‘shmasdan manyovr ishlarini bajarish doirasi asoslangan va temir yo‘l stansiyasining kichik nishablikdagi yo‘l profiliga (-6‰ gacha) ega shoxobcha yo‘llaridagi vagonlar aylanmasini 10% gacha qisqartirish hamda Pop-2 stansiyasini uchastka stansiyasi toifasiga o‘tkazilgandan keyin uning texnikaviy boshqaruv dalolatnomasi va ilovalarini qayta ishlab chiqishda tortuv yo‘li uzunligini belgilash imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish