Abduraxmanova Nargiza Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Harbiy xizmatdagi ayollar uchun belgilangan xususiyatli formali kiyimni loyihalash usulini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5128.
Ilmiy rahbar: Kamilova Xalida Xafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSC.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, professor; Nabijanova Nargiza Naimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayollar qomatining antropometrik xususiyatlari va O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda takomillashtirilgan ergonomik va gigienik xususiyatlarga ega bo‘lgan harbiy ayollar uchun formali ko‘ylakni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy xizmatchi ayollar uchun belgilangan xususiyatli formali kiyimning yangi assortimenti tavsiya etilgan va uning dizayni ishlab chiqilgan;
harbiy xizmatdagi ayollar formali kiyimi uchun O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos bo‘lgan, belgilangan xususiyatli aralash tolali yangi ishlab chiqilgan mato turi tavsiya etilgan hamda asoslangan;
harbiy xizmatchi ayollar uchun belgilangan xususiyatli formali ko‘ylak ishlab chiqishda qo‘llaniladigan konstruksiyalar tahlili asosida dinamik muvofiqlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan fransuz usuli va uning ratsional parametrlari ishlab chiqilgan hamda ergonomik xususiyatlari yuqori ekanligi ilmiy asoslangan;
harbiy xizmatchi ayollar formali ko‘ylagining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ahamiyatlilik mezoni aniqlangan hamda Kendall koeffisienti yordamida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar asosida harbiy xizmatchi ayollar uchun gigienik xususiyati yaxshilangan yozgi formali ko‘ylak ishlab chiqilgan:
formali ko‘ylak dizayni va texnik hujjatlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi “NARIMTEX” MChJ tikuv korxonasida joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchi ayollar uchun issiq iqlimga mos formali ko‘ylak dizayni va tayyorlash texnologiyasini joriy etish, konstruktiv choklar soni hamda xom ashyo xarajatlarini kamaytirish evaziga kiyimni tayyorlashda mehnat sarfini 6% gacha qisqartirishga imkon yaratilgan;
harbiy xizmatchi ayollar formali ko‘ylagi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan sanoat namunasiga patent olingan. («Mudofaa vazirligi ayollar harbiy xizmatchilari uchun formali ko‘ylagi», №SAP 2815, 05.05.2025); («Mudofaa vazirligi ayollar harbiy xizmatchilari uchun formali ko‘ylagi», №SAP 2816, 05.05.2025). Natijada mudofaa vazirligining harbiy xizmatchi ayollari uchun formali ko‘ylak ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.