Umarov Nodirbek Nasirdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (PISA tadqiqotlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9472.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Narziqulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Urakov Sherzod Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida kognitiv ta’lim texnologiyalari orqali maktab o‘quvchilarida muammo echish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari kognitiv psixologiya, neyropedagogika va kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan tizimlashtirilib, bilish jarayonining ichki mexanizmlari, o‘quvchi shaxsining kognitiv va affektiv rivojlanishi hamda ijtimoiy-psixologik omillar o‘zaro uyg‘unlikda tahlil qilinishi orqali ilmiy jihatdan asoslangan;
PISA xalqaro baholash dasturi mezonlari asosida muammoli topshiriqlar, keys, kvest va ssenariyli mashg‘ulotlardan samarali foydalanishning metod va shakllari milliy ta’lim tizimi mazmuniga moslashtirilib, o‘quvchilarning ijodiy-tahliliy fikrlashini, funksional savodxonligini va hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida kognitiv jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, diqqat)ni faollashtirish va funksional savodxonlikni shakllantirishning ta’limiy imkoniyatlari kognitiv-emotsional faollik, metakognitiv strategiyalar va interfaol metodlar uyg‘unligi orqali kengaytirilib, bilimlarni qayta ishlash, ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash hamda ijtimoiy hamkorlikda echim topish kabi ko‘nikmalarning tizimli rivojlanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, unda maqsad, mazmun, pedagogik jarayon va natija bloklari o‘zaro tizimlilik va izchillikda ifodalangan hamda ushbu modelning amaliyotdagi samaradorligi tajriba-sinov ishlari jarayonida ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kognitiv psixologiya, neyropedagogika va kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan va bilish jarayonining ichki mexanizmlari, o‘quvchi shaxsining kognitiv va affektiv rivojlanishi hamda ijtimoiy-psixologik omillar o‘zaro uyg‘unlikda tahlil qilinishi orqali ilmiy jihatdan asoslangan kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 25-oktyabrdagi 04/11-25087-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarda muammo echish kompetensiyasini rivojlantirishning metodik mexanizmlari ishlab chiqilgan.
o‘quvchilarning ijodiy-tahliliy fikrlashini, funksional savodxonligini va hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlar va PISA xalqaro baholash dasturi mezonlari asosida muammoli topshiriqlar, keys, kvest va ssenariyli mashg‘ulotlardan samarali foydalanishning metod va shakllari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Navoiy davlat universitetida bajarilgan Evropa ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2025-2027-yillarga mo'ljallangan “Erasmus+ KA 171 Programme Erasmus + Staff and student mobility” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Navoiy davlat universitetining 2026-yil 23-apreldagi 88-87-3088/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, PISA talablari asosida muammoli topshiriqlar, keys, kvest va ssenariyli mashg‘ulotlarni joriy etish shart-sharoitlari, mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
ta’lim jarayonida kognitiv jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, diqqat)ni faollashtirish va funksional savodxonlikni shakllantirishning ta’limiy imkoniyatlari hamda kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammo echish kompetensiyasini rivojlantirish modeli bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” teleradiokompaniyasining “Kelajak yoshlari”, “Najot bilimda”, “Mantiq va tafakkur”, “Maxsus reportaj” eshittirish va ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-avgustdagi ma’lumotnomasi, 2025-yil 8-noyabrdagi 01-02/471-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kognitiv texnologiyalarga asoslangan mashg‘ulotlar namunaviy ssenariylari ommalashtirilgan.