Begmatov Rizamat Xushvaqtovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgichli sensorlar uchun gazsezgir organo-noorganik materiallarning templat sintezi», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K179.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Xudoyor Boboniyozovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarimo‘tkazgichli sensorlar uchun organo-noorganik gazsezgir materiallarni templat sintez qilish va olingan nanomateriallar asosida vodorod sul`fidni aniqlaydigan yarimo‘tkazgichli sensorlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, zol`-gel` texnologiya usulida gaz aralashmalari tarkibidan H2Sning mikrokonsentratsiyasini aniqlashga mo‘ljallangan W va Cu oksidlari asosidagi gazsezgir materiallarni templat sintezi yordamida olish mumkinligi asoslangan;
PEG ishtirokida zol`-gel` sintezi usulida olingan SiO2-WO3 asosidagi gazsezgir material, H2S nazoratida yarimo‘tkazgichli sensorlarning optimal haroratini pasayishiga, sezgirlik va ishlash tezligi oshishiga olib kelishi isbotlangan;
SiO2/WO3+CuO asosidagi GSM dan foydalanib, yarimo‘tkazgichli sensorning H2, CO va CH4 ishtirokida H2Sni aniqlashga nisbatan yuqori selektivlikka ega ekanligi isbotlangan;
YaO‘S-H2Sning metrologik, ekspluatatsion va boshqa ko‘rsatkichlariga turli xil omillarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atmosfera havosining tarkibidan vodorod sul`fidni monitoring qilish uchun yarimo‘tkazgichli sensorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vodorod sul`fidni aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensor va ular asosida ishlab chiqarilgan gaz analizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 29 apreldagi 608/GK-19-04-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori selektiv va sezgir sensordan foydalanish va namunani olish hamda tayyorlash bosqichlarining yo‘qligi hisobiga vodorod sul`fidni aniqlashning yuqori aniqligi hamda tezkorligini ta’minlash imkonini bergan;
vodorod sul`fidining signalizatori tarkibida yaratilgan yarimo‘tkazgichli sensor «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 maydagi 685/GK-19-05-son ma’lumotnomasi). Natijada sensorning vodorod sul`fidi signalizatori tarkibida qo‘llanilishi yopiq ekologik tizimlar (ishlab chiqarish va administrativ binolar) atmosfera havosi tarkibidan vodorod sul`fidning miqdorini nazorati hisobiga texnika xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish