Ikromov Otabek Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Suv ombori gruntli to‘g‘onida fil`tratsiya va deformatsiya jarayoni monitoringi (Talimarjon suv ombori misolida)” 05.09.06–“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6042
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutitida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor,  Raxmatov Norqobul, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari gruntli to‘g‘onlaridagi fil`tratsiya va deformatsiya jarayonlarini modellashtirish orqali to‘g‘on tanasi texnik holati monitoringini olib borish usulini takomillashtirishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deformatsiyani aniqlash chekli elementlar usuli (finite element method) asosida grunt zichligi koefisientini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
masofadan zondlash - INSAR usuligan asoslangan texnologiyadan foydalangan holda Talimarjon suv ombori to‘g‘onidagi deformatsiya jarayoni dinamikasi ishlab chiqilgan; 
suv ombori yuqori b`efida suv sathi o‘zgarishining to‘g‘on tanasidan bo‘ladigan fil`tratsiya sarfi va depressiya egri chizig‘iga ta’siri hamda fil`tratsiya bo‘layotgan xudud texnik holatini baholash usuli takomillashtirilgan;
Talimarjon suv ombori to‘g‘oni texnik holati monitoringini olib borish usulini takomillashtirish va to‘g‘onning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cuv ombori gruntli to‘g‘onida fil`tratsiya va deformatsiya jarayoni monitoringi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
cuv omborlari gruntli to‘g‘onida yuz beradigan fil`tratsiya deformatsiya holatlarini chekli elementlar usuliga asoslangan holda aniqlash Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari boshqarmasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 04/20–6352-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘on ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha harajatlar 15 foizga iqtisod qilingan;
Talimarjon suv ombori to‘g‘oni texnik holati monitoringini olib borish va to‘g‘onning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar Qarshi-magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 04/20–6332-son ma’lumotnomasi). Ushbu natija gidrotexnika inshootlari ekspluatatsiya xarajatlarini 3-5 foizga qisqartish imkonini bergan.
suv ombori yuqori b`efida suv sathi o‘zgarishining to‘g‘on tanasidan bo‘ladigan fil`tratsiya suvi sarfi va depressiya egri chizig‘iga ta’sirini baholashning matematik modeli va hisoblash usuli Qarshi-magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi  04/20–6332-son ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlardagi fil`tratsiya bo‘layotgan xududining texnik holatini baholash usuli yaratilgan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish