Maxmudova Dilbar Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlarning transformatsiyalangan kosasining morfodinamik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish (Sardoba suv ombori misolida)” 05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T4530
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sadiev Umidjon Abdusamadovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy hodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Paluanov Daniyar Tenirbergenovich – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Gidroenergetika va gidravlika kafedrasi, texnika fanlari doktori, professor, Gapparov Furqat Axmatovich - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Suv omborning transformatsiyalangan kosasining morfodinamik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish asosida uning morfometrik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va antropogen omillar ta’siriga uchragan suv omborning murakkab morfologiyaga ega tubi rel`efi holatini xisoblash usuli Bessel` va Neyman tenglamalari asosida takomillashtirilgan.
Sardoba suv omborining texnogen avariyadan keyin shakllangan tubining marakkab rel`efining balandlik belgilarini hisoblash usuli noortogonal va ortogonal to‘r usullari hamda Laplasning elliptik tenglamalar tizimi asosida takomillashtirilgan.
murakkab topologik rel`efga ega suv omborining morfologik parametrlarini xisoblash usuli noaniq funksiya teoremasi asosida ishlab chiqilgan.
morfodinamikaning fundamental tenglamasi (Eksner tenglamasi) asosida Sardoba suv ombori kosasining transformatsiyaga uchragan o‘zanning morfologik parametrlari dinamikasini ifodalovchi gidravlik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborning transformatsiyalangan kosasining morfodinamik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish asosida uning morfometrik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish asosida:
eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan Sardoba suv ombori kosasining morfometrik parametrlari, eksperimental va nazariy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan suv ombor kosasi rel`efining raqamli modeli, Sardoba suv omborining suv balansi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 14 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborida miqdoriy hisoblash usullarini takomillashtirilishi natijasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi 8-10 foizga yaxshilanishiga erishilgan.
tabiiy va antropogen omillar ta’siriga uchragan Sardoba suv omborining murakkab morfologiyaga ega tubi rel`efi holatini xisoblashning takomillashtirilgan usuli. Sardoba suv omborining texnogen avariyadan keyin shakllangan tubining marakkab rel`efining balandlik belgilarini noortogonal va ortogonal to‘r usullari asosida hisoblashning takomillashtirilgan uslubi. Sardoba suv ombori kosasining transformatsiyaga uchragan o‘zanining morfologik parametrlari dinamikasini hisoblashning gidravlik usuli hamda Sardoba suv omborining ishlab chiqilgan amaldagi suv balansi Uchtom irrigatsiya tizim boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 14 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi kundagi suv omborining foydalanilayotgan 290 m suv sathi belgisida umumiy suv hajmi 379,3 mln.m3 ni va suv yuzasining maydoni 28,8 km2 ni, o‘lik suv sathi belgisida (277 m) suv sig‘imi 51,7 mln.m3 ni va suv yuzasi maydoni 3,7 km2 ni tashkil etishi asoslanib, suv omboridagi suv resurslaridan foydalanish samaradorligi 8-10 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.