Djavlanova Nodira Xamza qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.2.PhD/Ped663
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xolmatova Zulfiya Tillavoldievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavxar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Goyipova Nodira Baxtiyorjon qizi, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa   doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha  ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishda Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish imkoniyatlari talabalarning akademik-ijtimoiy portreti diagnostikasini kasbiy tushunchalar va sifatlar integratsiyasida refleksiv monitoring ustuvorligida maqbullashtirish asosida ochib berilgan;
Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish modeli korreksion ta’sirni rejalashtirish va adaptivlashtirishga talabalarni tayyorlovchi metodik algoritmni yakka, frontal ish shakllarida interaktiv transformatsiyalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Maxsus pedagogika modulini integrativ  o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyalari diagnostika va korreksiya faoliyatining sinergetik tavsifida mustaqil ta’lim monitoringgini talabalarning o‘zlashtirish dinamikasi bilan qiyoslash va bo‘shliqlar profilaktikasini kasbiy leksik bazada jadallashtirish asosida takomillashtirilgan;
Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minoti maxsus pedagogik kontekstni ilmiy-amaliy klasterda akademik filtrlash va vizual, audial, kinestetik  konstruksiyalarda differensiallashish imkoniyatlariga ko‘ra maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishda Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish imkoniyatlari talabalarning akademik-ijtimoiy portreti diagnostikasini kasbiy tushunchalar va sifatlar integratsiyasida refleksiv monitoring ustuvorligida maqbullashtirishga oid takliflari “Oligofrenopedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’limda ixtisoslik modullarini o‘qitish jarayoni metodik jihatdan takomillashtirilgan; 
Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish modeli korreksion ta’sirni rejalashtirish va adaptivlashtirishga talabalarni tayyorlovchi metodik algoritmni yakka, frontal ish shakllarida interaktiv transformatsiyalarda qo‘llashga oid tavsiyalari “Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning logopedik realibitatsiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatga motivatsion yo‘nalganligini ta’minlovchi usul va texnologiyalar amaliyotga joriy etilgan; 
Maxsus pedagogika modulini integrativ  o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyalari diagnostika va korreksiya faoliyatining sinergetik tavsifida mustaqil ta’lim monitoringini talabalarning o‘zlashtirish dinamikasi bilan qiyoslash va bo‘shliqlar profilaktikasini kasbiy leksik bazada jadallashtirish takliflari Andijon davlat pedagogika instituti, Nukus davlat pedagogika instituti va Yangi asr universitetining o‘quv va mustaqil ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazining 2026-yil 1-maydagi 01/10-01-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’limni monitoring qilish instrumentlaridan diffrensial foydalanish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish