Djuraeva Sohiba Barat qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning eshitish idrokini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8401
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Mahliyo Xabibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Egamberdieva Nigora Azizovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining eshitish idrokini tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining eshitish idrokini rivojlantirishda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning kompleks metodik imkoniyatlari o‘quvchilarda eshitish chegarasining personal diagnostikani multisensor ta’sir muhitida “yaqindan uzoqqa” dinamikasida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eshitish idrokini rivojlantirishning funksional-metodik modeli korreksion-kompensatsion va integral tamoyillarga asoslangan 3 pozisiya (eshitish, eshitish-ko‘rish, kartochka-jest)li metodik tizimni audio-vizual-taktil kinestetik intervallarda sensomotor eshituv reaksiyasi dinamikasiga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar eshitish idrokini rivojlantirish texnologiyalari eshitish+labdan o‘qishga motivatsiyalovchi adaptiv lug‘atning akustik-ritmik mashqlar bilan ovoz+nafas+diksiya parallelida integrallashuvini individual rivojlanish xaritasi qaydlariga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar eshitish idrokini rivojlantirishning didaktik ta’minoti fonetik, leksik, grammatik korreksiyada o‘quvchilarning eshituv-nutqiy faoliyati audiologik tasnifga ko‘ra nutqiy akselerator xususiyatlari bilan to‘g‘ri proporsional ekanligini ko‘rsatib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eshitish idrokini tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining eshitish idrokini rivojlantirishda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning kompleks metodik imkoniyatlari o‘quvchilarda eshitish chegarasining personal diagnostikani multisensor ta’sir muhitida “yaqindan uzoqqa” dinamikasida qo‘llashga oid takliflari “Maxsus pedagogikada tadqiqot-tajribalar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyul 258-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 844215-sonli guvohnoma). Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar eshituv-nutqiy faoliyatini sensomotor muhitda rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eshitish idrokini rivojlantirishning funksional-metodik modeli korreksion-kompensatsion va integral tamoyillarga asoslangan 3 pozisiya (eshitish, eshitish-ko‘rish, kartochka-jest)li metodik tizimni audio-vizual-taktil kinestetik intervalllarda sensomotor eshituv reaksiyasi dinamikasiga ko‘ra optimallashtirishga oid takliflari Jizzax, Toshkent, Andijon viloyatlarining ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/10-01-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarining eshituv-nutqiy tajribalarini rivojlantirishda akustik, audiokinestetik, vizualkinestetik, taktilkinestetik, sensomotor integrativ mashqlar tizimidan foydalanishning metodik ta’minotiga erishilgan;
tarbiyaviy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar eshitish idrokini rivojlantirish texnologiyalari eshitish+labdan o‘qishga motivatsiyalovchi adaptiv lug‘atning akustik-ritmik mashqlar bilan nafas+ovoz+diksiya parallelida integrallashuvini individual rivojlanish xaritasi qaydlariga ko‘ra ta’minlashga doir tavsiyalari “Surdopedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi № 9299-3069-f841-b1aa-4508-8323-2675-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining eshitish idrokini rivojlantirishga oid texnologiyalarni keng ommalashtirishga erishilgan.