Mirsagatova Dilorom Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarning tarjima xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2942
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shoxida Norqulovna  filologiya fanlari doktori (DSc),  dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Go‘zal Qurbonalievna,  filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi:  Ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l sohasiga oid terminlarni morfologik va leksik-semantik jihatdan tizimli tahlil qilish hamda mazkur birliklar tarjimasida yuzaga keladigan muammolarni chog‘ishtirma yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari temir yo‘l terminologiyasida terminlarni tartibga solish, unifikatsiyalash va me’yorlashtirilishi jarayonlarini chog‘ishtirish orqali ularning ushbu terminlarni tarjima qilishda ekvivalentlik va terminologik izchillikni ta’minlashdagi funksional roli asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l terminlarining strukturaviy tarkibi va komponent tuzilishini  ochish orqali ko‘p komponentli terminlarning ustuvorligi hamda ularning tarjima jarayoniga ta’siri har bir komponentning alohida semantik yuk tashishi hamda funksional ma’nosi, komponentlararo bog‘lanishi va texnik mazmunini saqlash   xususiyati ilmiy dalillangan;
temir yo‘l terminlarining ingliz va o‘zbek tillarida yasalish modellarini chog‘ishtirish orqali  ularni tarjima qilishda terminning tuzilishi, ma’nosi va sohadagi vazifasiga qarab kalkalash, tavsifiy tarjima, funksional-ekvivalentlik hamda derivatsion moslashuv orqali tarjima qilinish  strategiyalari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari temir yo‘l terminologiyasidagi sinonimiya, omonimiya va giponimiya munosabatlarini paradikmatik va sintagmatik aspektda ochish orqali ularning tarjima jarayonida ma’no aniqligi va funksional moslikni
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarning tarjima xususiyatlari doirasida olib borilgan ilmiy-amaliy izlanishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari temir yo‘l terminologiyasida terminlarning tartibga solinishi, unifikatsiyalanishi va me’yorlashtirilishi jarayonlari chog‘ishtirma tahlil qilinib, har ikki tildagi terminologik tizimning o‘ziga xos va umumiy jihatlari aniqlangan hamda temir yo‘l terminlarining mavzulashgan guruhlar asosidagi tasnifi ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348 sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 24-apreldagi № 06/2667-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha bo‘yicha yaratilgan dastur va materiallari mazmuni boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l terminlarining strukturaviy tarkibi komponent tuzilishi va murakkablik darajasi nuqtayi nazaridan tizimli ravishda tadqiq etilib, ko‘p komponentli terminlarning ustuvorligi ilmiy asosda yoritilgan hamda ushbu xususiyatlarning tarjima jarayoniga ta’siri aniqlanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan “Erudit” shiriftli HHM o‘quv-terminologik lug‘at maqsadli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining  2025-yil 23-apreldagi № 10/868-son ma’lumotnomasi). Natijada bu loyiha doirasida chop etilgan dastur hamda o‘quv-terminologik lug‘at kontenti boyitilgan;
temir yo‘l sohasiga oid terminlarning ingliz va o‘zbek tillarida yasalishi va strukturaviy xususiyatlari derivatsion yondashuv asosida tahlil qilinib, har ikki tilda qo‘llaniladigan umumiy va bir tilga xos termin hosil qilish modellarining farqli jihatlari aniqlanganligi bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining     2025-yil 8-maydagi № 04/1862-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari, adabiyotlar va o‘quv materiallari mazmuni takomillashtirildi;
ingliz va o‘zbek tillari temir yo‘l terminologiyasida amal qiluvchi sinonimiya, omonimiya va giponimiya kabi semantik munosabatlar qiyosiy o‘rganilib, ushbu munosabatlarning tarjima jarayonida yuzaga keladigan terminologik muammolarga ta’siri ochib berilgan hamda terminlarning mazmuniy va funksional mosligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida   2023–2024-yillarda bajarilgan  IL-4821091588-raqamli “Kuzatuvchi radiolokatorga qaratilgan radarga qarshi raketaning traektoriyasini topish usullari va algoritimlari” mavzusidagi O‘zbekistan-Belarus qo‘shma fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining. 2025-yil 11-iyuldagi № 10/1415-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fundamental loyiha doirasida tayyorlangan materiallar mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish