Saypillaeva Hilola Barot qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tizimida ixtisoslik modullarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (falsafa fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11498.
Ilmiy rahbar: Abdujalilova Shoira Abdumajitovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02;
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yo‘ldoshev Otabek Abdug‘anievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafa fani va ixtisoslik modullari integratsiyasi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik ta’limda bilishning falsafiy konsepsiyalari ahamiyati empirizim, pragmatizm, rasionalizm kontekstida kasbiy faoliyat dialektikasini o‘rgatishning kategorial strukturasini integrativ yondashuv ustuvorligida optimallashtirish asosida ochib berilgan;
ixtisoslik modullari va falsafa fani integratsiyasi asosida ta’lim samaradorligini oshirish modeli ta’lim-tarbiyada subektlar faoliyatini sabab-oqibat munosabatlarida tashkil etishning funksional metodik kompleksini ergonomik va sosial diagnostika kontekstida differensial maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
falsafa fani va ixtisoslik modullari integratsiyasi asosida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish texnologiyalari pedagogik masalalar modifikatsiyalarida talabalarning kasbiy rivojlanishini real va imitatsiya muhitida kontinual feedbackda ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
ixtisoslik modullari va falsafa fani integratsiyasi asosida ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti fanlararo sinergiyaning konseptual dialektikasini kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda ijtimoiy etik talablarda individual adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabalariga ixtisoslik va umumta’lim modullarini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari:
pedagogik ta’limda bilishning falsafiy konsepsiyalari ahamiyati empirizim, pragmatizm, rasionalizm kontekstida kasbiy faoliyat dialektikasini o‘rgatishning kategorial strukturasini integrativ yondashuv ustuvorligida optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Jizzax teleradiokompaniyasi” telekanalida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvi ssenariysisni yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi” davlat muassasasining 2024-yil 25-dekabrdagi 253/13-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fanni o‘qitishda talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olishga doir metodik tavsiyalarning keng targʻib etilishiga erishilgan;
ixtisoslik modullari va falsafa fani integratsiyasi asosida ta’lim samaradorligini oshirish modeli ta’lim-tarbiyada subektlar faoliyatini sabab-oqibat munosabatlarida tashkil etishning funksional metodik kompleksini ergonomik va sosial diagnostika kontekstida differensial maqbullashtirish asosidagi qarashlari “Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli guvohnomasi). Natijada, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
falsafa fani va ixtisoslik modullari integratsiyasi asosida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish texnologiyalari pedagogik masalalar modifikatsiyalarida talabalarning kasbiy rivojlanishini real va imitatsiya muhitida kontinual feedbackda ta’minlashga doir tavsiyalardan “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashda hayotiy faoliyat yondashuvlarini konsentrik moslashtirish asoslari tizimlashtirilgan.
ixtisoslik modullari va falsafa fani integratsiyasi asosida ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti fanlararo sinergiyaning konseptual dialektikasini kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda ijtimoiy etik talablarda individual adaaptivlashtirish asosidagi foyalari “Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda ijtimoiy faol, individual yondashuvlarining didaktik imkoniyatlari oshirilgan.