Mannopova Robiya Bahtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining innovatsion kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8064.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Xoliyorov Bunyod Xusanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining innovatsion kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy rivojlanish darajasini kompetensiyalar klasteri va shakllanganlik deskriptori asosidagi innovatsion kompetentlik matrisasining mezonli-baholash ko‘rsatkichlarini natija interpretatsiyasiga ko‘ra baholash asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini innovatsion kompetentligini rivojlantirish modeli transversal kompetensiyalarni uzviy shakllantirishni ta’minlovchi innovatsion kompetentlik darajasini baholashning gradatsiyali indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish jarayoni kompetensiyalar klasterining tarkibiy komponentlarini shakllanganlik darajasini ta’minlovchi tashkiliy-pedagogik mexanizmlariga kompetentlik matrisasining mezonli-baholash ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish vositalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi samaradorligi innovatsiyaga nisbatan ichki munosabat va kasbiy pozisiyaning quyi (innovatsiyaga passiv munosabat va tashqi talab sifatida qabul qilish), o‘rta (innovatsiyani anglangan holda qo‘llashga tayyorlik), yuqori (innovatsiyani kasbiy qadriyat sifatida qabul qilish va liderlik faoliyati) darajalariga mosligini muvofiqlashtiruvchi baholash shkalasiga kriterial-diagnostik mezonlarni kiritish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining innovatsion kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy rivojlanish darajasini kompetensiyalar klasteri va shakllanganlik deskriptori asosidagi innovatsion kompetentlik matrisasining mezonli-baholash ko‘rsatkichlarini natija interpretatsiyasiga ko‘ra baholash asoslanishi bo‘yicha tavsiyalardan malaka oshirish yo‘nalishlari ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish dasturlarining amaliy yo‘naltirilganligi oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini innovatsion kompetentligini rivojlantirish modelini transversal kompetensiyalarni uzviy shakllantirishni ta’minlovchi innovatsion kompetentlik darajasini baholashning gradatsiyali indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 2022-2024 yillarda bajarilgan №IL-4821091578 “Intellektualnaya mobilnost: institusialnoe modelirovanie visshego obrazovaniya” mavzusidagi O‘zbekiston-Belarus qo‘shma fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’limni xalqarolashtirishda pedagog kadrlar innovatsion kompetentligini takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
pedagog kadrlarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish jarayonini kompetensiyalar klasterining tarkibiy komponentlarini shakllanganlik darajasini ta’minlovchi tashkiliy-pedagogik mexanizmlariga kompetentlik matrisasining mezonli-baholash ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish vositalarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining № 5683-4969-8057-8781-3788-3714-8655 sonli nashr ma’lumotnomasi bilan ro‘yxatga olingan “Til ko‘nikmalarini o‘qitishda yangi pedagogik yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish jarayonini rejalashtirish va diagnostikasini takomillashtirishga erishilgan;
innovatsion kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi samaradorligini innovatsiyaga nisbatan ichki munosabat va kasbiy pozisiyaning quyi (innovatsiyaga passiv munosabat va tashqi talab sifatida qabul qilish), o‘rta (innovatsiyani anglangan holda qo‘llashga tayyorlik), yuqori (innovatsiyani kasbiy qadriyat sifatida qabul qilish va liderlik faoliyati) darajalariga mosligini muvofiqlashtiruvchi baholash shkalasiga kriterial-diagnostik mezonlarni kiritish orqali aniqlashtirish bo‘yicha takliflar malaka oshirish kurslari ta’lim dasturlari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan), "Ta’limda sun’iy intellekt: nazariyadan amaliyotga" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi malaka oshirish kurslari amaliyotiga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion kompetentlikni rivojlantirish mexanizmlari samaradorligi va pedagog kadrlarning ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilgan.