Sodikov Dilshodbek Kobilovichning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Lingvokulturologik fenomenlarni tarjimada ifodalanishi (o‘zbek tilidan nemis tiliga qilingan tarjima asarlari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3575.
Ilmiy rahbar: Muxtar Ishanxodjaevich Umarxodjaev, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoldin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kakharova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis tillari tizimidagi realiya, frazeologizm hamda madaniy lakunalar kabi lingvokulturologik fenomenlarning lisoniy tabiatini qiyosiy-tipologik jihatdan dalillash, mazkur birliklarning badiiy tarjimada aks etish mexanizmlarini tadqiq etish orqali nemis tili stilistik normalari doirasida milliy-madaniy o‘ziga xoslikni saqlashning optimal metodologik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidan nemis tiliga amalga oshirilgan badiiy tarjimalarda lingvokulturologik fenomenlarni tadqiq etishga doir mavjud nazariy qarashlar tizimlashtirilib, milliy madaniy birliklarning tarjima matnida voqelanish jarayonini nemis tili stilistik normalari doirasida o‘rganishga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan lingvokulturologik tasnif mezonlari taklif etilgan;
    o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda uchraydigan milliy madaniy birliklar, realiyalar, etnografik leksika, frazeologizmlar, tabu va evfemizmlar, paremiologik birliklar hamda antroponim va toponimlarning nemis tiliga tarjima qilinish strategiyalari qiyosiy-lingvistik tahlil qilinib, ularning semantik, pragmatik va madaniy muvofiqlik darajalari tizimli asosda aniqlangan;
    o‘zbek tiliga xos lingvokulturologik fenomenlarni nemis tiliga ko‘chirish jarayonida madaniy kodning saqlanishi yoki transformatsiyaga uchrashi bilan bog‘liq muammolar lingvokulturologik ekvivalentlik hamda milliy kolorit transferi mezonlari asosida tadqiq etilib, tarjimada milliy-madaniy o‘zlikni saqlashga xizmat qiluvchi muvozanatli moslashuv tamoyili asoslab berilgan;
    o‘zbek lingvokulturologik birliklarining nemis tilida adekvat ifodalanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion tarjima modeli ishlab chiqilib, unda milliy qadriyat, aksiologik qatlam va madaniy kodni nemis tili tabiatiga zid kelmagan holda qayta yaratishga imkon beruvchi amaliy mexanizmlar ilmiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy taklif, amaliy tavsiya va xulosalari asosida:
o‘zbek tilidan nemis tiliga o‘girilgan badiiy asarlardagi lingvokulturologik birliklar, milliy-madaniy konnotatsiyalarning tarjimada aks etishi va ularning ekvivalentlik darajasini aniqlash bo‘yicha olingan nazariy ma’lumotlardan Andijon davlat universiteti tomonidan bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (26 aprel 2025 yil, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, 04-1556-son). Natijada loyiha doirasida tarjima nazariyasini nemis tili stilistik normalari hamda milliy muloqot madaniyati bilan uyg‘un holda tadqiq etishning metodologik asosi takomillashtirilgan;
tarjimadagi lingvokulturologik elementlarning izohli muqobillarini shakllantirish, madaniy kodni saqlash va pragmatik adekvatlikni oshirishga doir tavsiyalardan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” mavzusidagi davlat innovatsion loyihasida foydalanilgan (26 aprel 2025 yil, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, 04-1555-son). Natijada loyiha doirasidagi elektron lug‘at bazasida o‘zbekcha-nemischa lingvokulturologik birliklarning leksikografik tavsifi sifat jihatidan yangilangan va lug‘at maqolalari tarkibi milliy-madaniy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
badiiy tarjimada lingvokulturologik fenomenlarning sharhlanishi, milliy identitetni qayta yaratish strategiyalari va ularning madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarida foydalanilgan (10 iyun 2025 yil, «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi, 05-09-865-son). Natijada o‘zbek va nemis xalqlari o‘rtasidagi lisoniy-madaniy aloqalarga oid ma’lumotlarning ilmiy-nazariy manbadorligi oshirilgan;
o‘zbek tilidagi milliy-madaniy presedent birliklarni nemis tiliga tarjima qilishda zarur bo‘lgan lingvokulturologik tizimlashtirilgan mexanizmlar, ular orqali tarjimon madaniy semantikani maksimal darajada saqlagan holda ekvivalentlikka erishishi mumkinligi qiyosiy tahlil qilingan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi - o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (2025-yil 5-sentyabr, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, № 01/4-3984-son). Natijada, o‘zbek tilidagi milliy-madaniy presedent birliklarni nemis tiliga tarjima qilishda zarur bo‘lgan lingvokulturologik tizimlashtirilgan mexanizmlar ma’lumotlar bazasi kengaytirilgan. Bu esa tarjima algoritmlarining aniqligini oshirishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish