Egamberdiev Akmal Olimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Dasturiy vositalardan foydalanib talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (“Qurilish fizikasi va binolarning energiya samaradorlik injiniringi” fani misolida)
Ixtisoslik shifri: 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7204.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boltaeva Muhayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Yakubbaev Murodilla Marufovich, professor, pedagogika fanlari doktori, DSc, dotsent;
Ismanova Odina Tulkinbaevna, professor, pedagogika fanlari doktori, DSc, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Dasturiy vositalardan foydalanish asosida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari muhandislik faoliyatining konstruktiv loyihalash, energiya samaradorligini ta’minlash, qurilish jarayonlarini modellashtirish hamda raqamli texnologiyalar asosida boshqarish kabi ustuvor yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan kompetensiyaviy yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik model tarkibiga raqamli injiniring vositalari, virtual modellashtirish, BIM texnologiyalari, muammoli-loyihaviy topshiriqlar hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi AutoCAD, “Lira-SAPR”, THERM dasturlari mexanizmlari kiritilib takomillashtirilgan;
“qurilish fizikasi va binolarning energiya samaradorlik injiniringi” fanini o‘qitish metodikasi energiya tejamkor loyihalash, issiqlik-fizik jarayonlarni dasturiy tahlil qilish, amaliy-case texnologiyalari va raqamli simulyasiya vositalariga asoslangan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning maxsus kompetensiyalari rivojlanganligini baholashning repraduktiv, variativ, ijodkorlik komponentlariga asoslangan mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalari optimallashtirilib, tajriba-sinov natijalarining samaradorligi matematik-statistik metodlar orqali isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bo‘lajak muhandis-quruvchilarni tayyorlashda kasbiy malakalarning rivojlantirishning didaktik, texnologik, pedagogik imkoniyatlari, kasbiy bilimlar hamda fanga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi interfaol metodlar va dasturiy vositalardan “Qurilish fizikasi va binolarning energiya samaradorlik injiniringi” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-iyundagi 4/17-4/4-9908-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning maxsus kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, tashkiliy-mazmunli, texnologik va baholash komponentlarining uzviyligi, uzlyuksizligini ta’minlash hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi AutoCAD, “Lira-SAPR”, THERM dasturlaridan foydalanish asosida o‘qitishga qaratilgan loyiha-qurilish masalalarini echishning ko‘rgazmali modelini mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Binolar energiya samaradorlik injiniringi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli № 291513-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga asos bo‘lgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarga “Qurilish fizikasi va binolarning energiya samaradorlik injiniringi” fanini o‘qitishda maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi muammoga yo‘nalganlik hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan bilimlarni integratsiyalash yondashuvlari asosida loyiha-qurilish masalalariga reproduktiv, variativ, qisman izlanishli va kreativ loyiha topshiriqlarni tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Talabalarni maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish dasturi” nomli elektron qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi №DGU 30794) va “Binolar energiya samaradorlik injiniringi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli № 894254-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarni maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beruvchi didaktik ta’minotni yaratish natijasida kasbiy tayyorgarligining mezon va darajalari oddiydan murakkabga tamoyiliga ko‘ra rivojlantirishga yo‘naltirilgan sodda, o‘rta murakkab, murakkab va ijodiy faoliyatni tashkil etishga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogikada metodikani ta’minlash usullari” nomli elektron qo‘llanma ishlab chiqilgan va dasturiy mahsulot uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 16-apreldagi № DGU 38508-raqamli guvohnoma olingan. Mazkur didaktik ta’minot talabalarda maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish