Yo‘ldashev Sherali Mamajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni.

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘liqni saqlash sohasini barqaror rivojlantirishda tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.I.PhD/Iqt2487
Ilmiy rahbar: Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov ilhom Abbasovich, , iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini barqaror rivojlantirishda tashkiliy - boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish  va samarali boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash sohasining boshqaruv samaradorlik darajasini baholash mezonlari 1,0 ≤ 3,0 “past daraja”, 4,0 ≤ 5,0 “o‘rtacha daraja”, 6,0 ≤ 7,0 “yaxshi daraja”, 8,0 ≤ 10,0 “yuqori daraja”lari bo‘yicha tasniflash asoslangan; 
tibbiyot tashkilotlari va muassasalarini resurslardan oqilona foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish hamda inson resurslari salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
sog‘liqni saqlash tizimini innovatsion rivojlantirish strategiyasi raqamli transformatsiya, moliyaviy barqarorlik, profilaktik salomatlik va kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks yo‘nalishlar ishlab chiqilgan;
sog‘liqni saqlash sohasida aholini tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi  va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘liqni saqlash sohasini barqaror rivojlantirishda tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sog‘liqni saqlash sohasining boshqaruv samaradorlik darajasini baholash mezonlari 1,0 ≤ 3,0 “past daraja”, 4,0 ≤ 5,0 “o‘rtacha daraja”, 6,0 ≤ 7,0 “yaxshi daraja”, 8,0 ≤ 10,0 “yuqori daraja”lari bo‘yicha tasniflash bo‘yicha berilgan taklifi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 4-dekabr kungi 02-32/29398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi natijasida resurslarni maqsadli taqsimlash, tibbiy muassasalar o‘rtasida boshqaruv samaradorligini taqqoslash, raqamli boshqaruv tizimini baholash, islhohotlar natijadorligini monitoring qilib borish imkoniyatlari yaxshilangan; 
tibbiyot tashkilotlari va muassasalarini resurslardan oqilona foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish hamda inson resurslari salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 4-dekabr kungi 02-32/29398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida tashkiliy tuzilma optimallashtirildi, davlat-xususiy tibbiyot o‘rtasidagi muvozanatli hamkorlik rivojlanish natijasida investisiyalar va xususiy sektor ishtirokini kengayadi. 
sog‘liqni saqlash tizimini innovatsion rivojlantirish strategiyasi raqamli transformatsiya, moliyaviy barqarorlik, profilaktik salomatlik va kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 2025-yil 4-dekabr kungi 02-32/29398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, hududlar bo‘yicha kadrlar taqchilligini kamaytirish, elektron tibbiy kartalar va axborot tizmilari orqali diagnostik aniqlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratildi;
sog‘liqni saqlash sohasida aholini tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi  va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 4-dekabr kungi 02-32/29398-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni samarali boshqarish, investision ehtiyojlarni aniqlash va muqobil taqsimotini amalga oshirish, hududlarda tibbiy xizmatlar tengligini ta’minlash, kelajakda samarali va operatsion boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish