Toshmatova Moxizatxon Inomidin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Bo‘lajak shifokorlar refleksiv malakalarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8300
Ilmiy rahbar: Axmedova Nigora Dadaxanovna Andijon davlat tibbiyot instituti “O‘zbek tili va adabiyoti, tillar” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtarovna –O‘zbekiston Jahon tillari universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor
Xalimova Mashraboy Vaxidovna –Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot yo‘nalishi oliy ta’lim tizimi sharoitida bo‘lajak shifokorlarning refleksiv malakalarini rivojlantirish jarayonini chuqur tahlil qilish, refleksiv faoliyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik va psixologik omillarni aniqlash hamda ularning o‘zaro uyg‘unligi asosida refleksiyani rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
D. Shonning refleksiv amaliyot konsepsiyasi, D. Kolbning tajribaviy o‘qitish sikli va metakognitiv monitoring yondashuvlari integratsiyasi asosida refleksiv malakaning kognitiv, metakognitiv, affektiv va xulqiy komponentlari hamda ularning aniq indikatorlari tizimlashtirilgan;
“Pedagogika–psixologiya–klinika” integratsiyasiga tayangan refleksiv yondashuvning texnologik jarayonini takomillashtirish orqali. refleksiv topshiriqlarni loyihalash, mentorlik faoliyatini algoritmlashtirish, refleksiv sikl hamda metakognitiv monitoringni amalga oshirish tartiblarini izchil qo‘llashning bosqichma-bosqich mexanizmlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarda refleksiv malakalarni rivojlantirishga moslashtirilgan integratsion-didaktik model ishlab chiqilib, unda adaptiv, kognitiv, akademik, simulyasion va mentorlik komponentlarining o‘zaro integratsiyasi refleksiv kundalik, portfolio va klinik vaziyatlar tahlili asosida yagona didaktik sikl ko‘rinishida tizimlashtirilgan;
tibbiyot yo‘nalishi oliy ta’lim tizimi sharoitida bo‘lajak shifokorlarda refleksiv malakalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan refleksiv pedagogika metodik bloki (A–V–S) hamda darajaviy diagnostika mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak shifokorlar refleksiv malakalarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak shifokorlar uchun refleksiv malakalarini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy topshiriqlar, trening mashg‘ulotlar, savol-javoblar, diagnostik testlar hamda o‘z-o‘zini tahlil qilish usullari "Bo‘lajak shifokorlarda refleksiv malakalarni shakllantirish" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Andijon davlat tibbiyot institutining 2025-yil 29-iyundagi 01-08-1523-Sh–sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘z kasbiy faoliyatiga taalluqli kasbiy bilimlarini tahlil qilish, tanqidiy tafakkur, refleksiya va o‘z-o‘zini baholash kompetensiyalari samarali rivojlantirildi;
shifokorlarni refleksiv malakalarini rivojlantirishga oid metodik yondashuvlar va amaliy faoliyatni yorituvchi dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy, metodologik va amaliy materiallar 2024–2025 yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahondagi tibbiy adabiyotlar” kabi mashhur dasturlar va eshittirishlarning ssenariylarini yozishda asos sifatida qo‘llanilgan.(“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 10-iyun N-05-09-857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari ilmiy va ommaviy ta’lim kommunikatsiyasida real qo‘llanilishi orqali ularning amaliy ahamiyati va jamoatchilikka ta’siri tasdiqlandi;
bo‘lajak shifokor talabalarning ijtimoiy faoliyati,ularda milliy qadriyatlarimiz va urf –odatlarimizga bo‘lgan iftixorlarini rivojlantirish, ularning millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuskorligi va bo‘lajak shifokorlarda refleksiv malakalarni rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligida “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, 2025-yil 20-may, N-04-14-06-873-sonli ma’lumotnoma). Natijada ushbu soha bilan bog‘liq mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda istiqbollarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganish, yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash hamda bo‘lajak shifokorlarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, zamonaviy talablar asosida refleksiv malakali shifokor etishtirish bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.