Jalolova Muqaddas Baxodirovnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy diskursning kognitiv tadqiqi (Ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq (piching, ironiya) konseptual maydonini tashkillovchi lisoniy vositalarning lingvomadaniy va lingvopragmatik tadqiqi) 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FIl2100.
Ilmiy rahbar:  Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, pofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yokubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Asranova Mohigul Musaboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy tasviriy vositalarining struktur-semantik, funksional-stilistik, lingvomadaniy hamda lingvopragmatik aspektlariga asoslangan holda tillararo izomorf va allomorf xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesatiq konseptining lisoniy-kognitiv tabiatini belgilovchi universal hamda milliy xususiyatlar dalillangan, uning konseptual maydonini shakllantiruvchi integral va differensial belgilar aniqlanib, kesatiqning yagona konseptual modeli ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq konsepti verbalizatorining maydoniy tabiati asoslangan, mazkur maydonni tashkil etuvchi nominativ va kommunikativ birliklarning struktur-semantik hamda funksional-uslubiy xususiyatlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda kesatiq konseptini ifodalovchi lisoniy birliklarning lingvomadaniy hamda pragmatik xususiyatlariga xos izomorf va allomorf jihatlar, shuningdek, mazkur tafovutlarni belgilovchi ekstralingvistik omillar aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar doirasida kesatiqni ifodalovchi lisoniy birliklardagi lingvomadaniy asimmetriyani bartaraf etish, shuningdek ularning implisit ma’nosi va pragmatik ta’sirini saqlab qolishga qaratilgan adekvat tarjima modellari hamda pragmatik adaptatsiya usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotining ilmiy natijalari, taklif va tavsiyalaridan quyidagi loyihalarda foydalanildi:
ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq konsepti verbalizatorining maydoniy tabiati asoslangan, maydonni tashkilovchi nominativ va kommunikativ birliklarining struktur, semantik, funksional-stilistik jihatlari, maydon a’zolarining paradigmatik, sintagmatik munosabatlari ochib berilgan materiallardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida 2022-2024-yillarda bajarilgan “Harbiy aviatsiya terminlarining innovatsion-elektron uch tilli tarjima (izohli) o‘quv lug‘atini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2026-yil 16-mart 10/605 -son ma’lumotnomasi). Natijada, chog‘ishtirilayotgan tillarda kesatiq konseptini obektivlashtiruvchi birliklaring lingvomadaniy, milliy-madaniy hamda pragmatik ma’no ifodasidagi o‘xshash va farqli jihatlar, bunga sabab bo‘lgan omillar ko‘rsatib berilishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq konsepti verbalizatorining maydoniy tabiati asoslangan, maydonni tashkilovchi nominativ va kommunikativ birliklarining struktur, semantik, funksional-stilistik jihatlari, maydon a’zolarining paradigmatik, sintagmatik munosabatlari ochib berilgan xulosalardan “Istiqbol” tadqiqot markazida 2025-2026 yillarda bajarilgan 1/15 raqamli “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni tashkil etishning o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirish” nomli grant loyihasi foydalanilgan ( Istiqbol tadqiqot markazining 2026-yil 4-apreldagi 1/15 raqamli ma’lumotnomasi).Natijada, Oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning huquqiy, metodik va tashkiliy asoslarini mustahkamlash hamda inklyuziv ta’lim bo‘yicha qo‘llanmalar, metodik adabiyotlar va vizual materiallarni ishlab chiqish va joriy etishga xizmat qildi;
ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy tasviriy vositalarining struktur-semantik, funksional-stilistik, lingvomadaniy hamda lingvopragmatik aspektlariga asoslangan holda tillararo izomorf va allomorf xususiyatlarini ochib berish kabi jihatlariga e’tibor berilgan ilmiy tavsiyalardan materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 15-apreldagi 05-09-704-son ma’lumotnomasi). Natijada, kesatiq konseptining yangilangan universal hamda milliy kognitiv konseptual belgi-xususiyatlari, uning mazmun mundarijasini tashkillovchi integral, differensial belgilar hamda semalar aniqlanilishi, kesatiqning universal konseptual modeli yaratilishi kabi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarda kesatiq konseptini obektivlashtiruvchi birliklarning lingvomadaniy, milliy-madaniy hamda pragmatik ma’no ifodasidagi o‘xshash va farqli jihatlar, bunga sabab bo‘lgan omillar ko‘rsatib berilishi ilmiy asosda ochib berilgan materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 20232025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026- yil 12-maydagi 11-25/319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot doirasida ingliz va o‘zbek tillarida kesatiq semantikali birliklarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha tarjima qilishning maqbul va samarali usullari ishlab chiqilganligi loyiha doirasida foydalanildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish