Saparova Umida Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslarini ochib berish hamda ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik-nazariy asoslari tizimli ravishda tahlil etilib, bola–oila–maktab hamkorligiga asoslangan klasterli yondashuvning mazmuniy-texnologik xususiyatlari hamda resurslardan oqilona foydalanishning shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi jihatlari ilmiy jihatdan aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model ishlab chiqilib, unda o‘quvchilarning vaqtni samarali rejalashtirish, imkoniyatlarni oqilona taqsimlash, moddiy va ma’naviy resurslardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini shakllantirishni ta’minlaydigan innovatsion mexanizmlar, ta’lim jarayonining mazmuni, shakl va metodlari uzviy integratsiyada takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ta’lim klasteri asosida tashkil etilib, unda interfaol metodlar (munozara, klaster, rolli o‘yin, aqliy hujum, suhbat va boshqalar) hamda virtual elektron dasturlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash va ularning resurslardan oqilona foydalanish malakasini rivojlantirish samaradorligi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish darajasini aniqlash uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, ular o‘quvchilarning resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar asosida belgilandi hamda mazkur mezonlar uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillari asosida pedagogik jarayonga tatbiq etilib, ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgan xulosa va tavsiyalar pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalariga tayangan holda ilmiy-metodik jihatdan aniqlangan va takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik-nazariy asoslari tizimli tahlil qilinib, bola–oila–maktab hamkorligiga asoslangan klasterli yondashuvning mazmuniy-texnologik jihatlari hamda uni amaliyotga joriy etishning integrativ mexanizmlari takomillashtirilgan holda ishlab chiqilgan tashkiliy-pedagogik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi hamda “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” dasturlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026 yil 27 martdagi 05-09-530-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada, mazkur dasturlar mazmunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslardan oqilona foydalanish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va tejamkorlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model ishlab chiqilib, unda o‘quvchilarning vaqtni samarali rejalashtirish, imkoniyatlarni oqilona taqsimlash hamda moddiy va ma’naviy resurslardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini shakllantirishni ta’minlovchi innovatsion mexanizmlar, ta’lim jarayonining mazmuni, shakl va metodlari uzviy integratsiyada takomillashtirilgan, shuningdek, mazkur jarayon ta’lim klasteri asosida tashkil etilib, interfaol metodlar (munozara, klaster, rolli o‘yin, aqliy hujum, suhbat va boshqalar) hamda virtual elektron dasturlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash va resurslardan oqilona foydalanish kompetensiyasini rivojlantirishning samarali pedagogik mexanizmlari “Qiyosiy pedagogika” nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-sentyabrdagi 287-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, № 287451 raqamli nashr ruxsatnomasi asosida). Natijada, resurslarni boshqarish bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot takomillashtirilib, pedagogik jarayon samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan klasterli ta’lim texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan metodikalar umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etilib, o‘quvchilarning resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini tizimli rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik vositalar majmuasidan “Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-martdagi 287-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, № 3367 raqamli nashr ruxsatnomasi asosida). Natijada, o‘quvchilarning resurslarni boshqarish bo‘yicha amaliy kompetensiyalari, xususan, vaqtni rejalashtirish, moddiy va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda axborot resurslarini tanlash va qo‘llash darajasi sezilarli ravishda oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida resurslarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish darajasini aniqlash uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, ular o‘quvchilarning resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar asosida belgilangan hamda uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga oid taklif va tavsiyalar AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2025-yil 17-iyuldagi 07-№308-sonli ma’lumotnomasi asosida). Natijada, resurslarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishning diagnostik va baholash tizimi takomillashtirilib, o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan.