Xolmuratov Xolilla Sarievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini infratuzilmasini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5533.
Ilmiy rahbar: Matnazarov Anvar Rustamovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Durumov Temur G‘olibovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (QTEM) iqtisodiy o‘sish va energetik xavfsizlik bilan bog‘liq natijalarini, shuningdek barqarorlik va dekorbonizatsiya maqsadlarini yagona analitik doirada birlashtiruvchi infratuzilmasining nazariy-konseptual modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) ishlab chiqarish, tarmoq, saqlash, xizmat ko‘rsatish va institutsional infratuzilmaning barcha tarkibiy qismlarini yagona ko‘rsatkich orqali kompleks baholashning integral indeksi (QTEM Infrastructure Index - QII) taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) infratuzilmasini rivojlantirishning klaster-differensiallangan strategiyasi yuqori potensialli hududlarda (Xiva va Shovot t.) mikro-generatsiya tizimlarini joriy etish yondashuvi taklif etilgan;
Xorazm viloyatida qayta tiklanuvchi energiya infratuzilmasini takomillashtirish orqali mintaqa energiya samaradorligini oshirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini iqtisodiy o‘sish, energetik xavfsizlik, ekologik barqarorlik va dekarbonizatsiya maqsadlarini yagona analitik doirada birlashtiruvchi infratuzilmasining nazariy-konseptual modeli Xorazm viloyatida energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-yanvardagi 7-105-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda QTE infratuzilmasini kompleks rivojlantirish va energetik qaramlikni kamaytirish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilishga imkon bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) ishlab chiqarish, tarmoq, saqlash, xizmat ko‘rsatish va institutsional infratuzilmaning barcha tarkibiy qismlarini yagona ko‘rsatkich orqali kompleks baholashning integral indeksi (QTEM Infrastructure Index - QII) bo‘yicha taklif Xorazm viloyati energetika infratuzilmasini monitoring qilish tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-yanvardagi 7-105-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda QTE infratuzilmasining zaif bo‘g‘inlarini aniqlash va ustuvor rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) infratuzilmasini rivojlantirishning klaster-differensiallangan strategiyasi yuqori potensialli hududlarda (Xiva va Shovot t.) mikro-generatsiya tizimlarini joriy etish yondashuvi viloyatda investisiyalarni samarali taqsimlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-yanvardagi 7-105-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida tumanlar salohiyatiga mos differensiallangan yondashuvni qo‘llash va investisiya samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatida qayta tiklanuvchi energiya infratuzilmasini takomillashtirish orqali mintaqa energiya samaradorligini oshirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari mintaqada energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-yanvardagi 7-105-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda energiya samaradorligini monitoring qilish, senariy tahlili asosida strategik rejalashtirish va 2030-yilga borib QTE quvvatini 305 MVt ga etkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash imkon bergan.