Muxammadiev Ulug‘bek Nopmenglievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiya muxiti jozibadopligini oshipishda moliyaviy pag‘batlantipishni takomillashtipish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4100.
Ilmiy rahbar: Avazxodjaev Saloxiddin Shaxabiddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nosirov Egamqul Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda investisiya muxiti jozibadopligini oshipishda moliyaviy pag‘batlantipish dastaklarini takomillashtipish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha investisiya miqdori va kiritish muddatini, uni tanlovga ommaviy savdolarga chiqarishda belgilangan boshlang‘ich narxining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yangi boshlang‘ich narxini tasdiqlash taklifi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘larini 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda ajratish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida investisiya muhitini baholash ko‘rsatkichlari asosida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
Nukus shahri va boshqa tumanlarda belgilangan hajmda investisiya kiritish majburiyatlari bilan er uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish tizimini joriy qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Investisiya muxiti jozibadorligini oshirishda moliyaviy rag‘batlantirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha investisiya miqdori va kiritish muddatini, uni tanlovga chiqarishda belgilangan boshlang‘ich narxining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi yangi boshlang‘ich narxini tasdiqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 noyabrdagi 625-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat mulki ob’ektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investisiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat mulki ob’ektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investisiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 6-bandida o‘z aksini topgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 21 noyabr`dagi № VJK-22/12-2063 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat mulki ob’ektlarini elektron tanlov asosida investisiya kiritish majburiyatlari bilan sotish mexanizmi takomillashtirildi.
Tijorat banklari tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘larini 5 yillik imtiyozli muddat bilan 10 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 avgustdagi PF-129-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”-gi Farmoni 1-bandining to‘rtinchi xatboshisida o‘z aksini topdi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 21 noyabrdagi № VJK-22/12-2063 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘istonda MIZlardagi korxonalar sonining 3 tadan 14 tagacha ortishi, investisiya loyihalari sonining 3 tadan 8 tagacha ko‘payishiga erishildi. 2024 yilda 4382,0 mln so‘m mablag‘ sarflab, maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida kommunikatsiya tarmoqlari, logistika infratuzilmasi, muhandislik tizimlari va ishlab chiqarish maydonlarini modernizatsiya qilish ishlari orqali investisiya muhitini jozibadorligini oshirish mexanizmi takomillashtirildi.
Investisiya muhitini baholash ko‘rsatkichlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kiritiladigan investisiyalarning 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan bo‘lib investisiya muhitini tahlil qilishga oid hujjat va materiallarni tayyorlashda foydalanish taklifi amaliyotga joriy etildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 21 noyabr`dagi № VJK-22/12-2063 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimiga qisqa muddatli ta’siri bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra qisqa muddatda yalpi hududiy mahsulotning yillik o‘sish sur’ati 1 foizga oshganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimi o‘rtacha 0,84 foiz punktga, uzoq muddatda yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’ati 1 foizga oshganda, xorijiy investisiyalar hajmi o‘rtacha 0,67 foiz punktga ko‘payishi aniqlangan.
Nukus shahrida 1 million AQSh dollari va qolgan tumanlarda 300 ming AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish majburiyati bilan loyiha tashabbuskorlariga er uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 avgustdagi PF-129-son Farmoni 3-bandning uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 21 noyabr`dagi № VJK-22/12-2063 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokini kuchaytirish, shu jumladan, hududda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga investisiyalar hajmining 2024 yildan barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etishi hududiy investisiya jarayonlarining faollashib borayotganini ko‘rsatib, ushbu ko‘rsatkich 2017 yilda 1528,8 ming so‘mni tashkil etgan holda, 2024 yilda 10201,2 ming so‘mga etdi, investisiyalarning hajmini qariyb etti barobar oshirish imkoniyati yaratildi.