Tilavov Tolibjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribada surunkali buyrak etishmovchiligida moyaklardagi morfologik o‘zgarishlar, ularni sumbul ildizi bilan korreksiyalash” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4431.
Ilmiy rahbar: Hasanova Dilnoza Ahrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak etishmovchiligida va sumbul ildizi bilan korreksiyadan so‘ng moyaklarning morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida tajriba hayvonlari moyaklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar (urug‘ hosil qiluvchi naychalar atrofiyasi, spermatogen epiteliy degeneratsiyasi, interstisial to‘qima fibrozlari) kompleks ravishda gistologik va morfometrik usullar orqali aniqlangan;
ilk bor tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida moyak to‘qimalarida immunogistokimyoviy usul orqali Ki-67 markeri yordamida proliferativ faollik baholandi va urug‘ hosil qiluvchi kanalchalarning spermatogen epiteliysida joylashgan spermatogoniya hamda birlamchi spermatotsit hujayralarida proliferativ faollikning sezilarli pasayishi aniqlangan;
ilk bor sumbul ildizi damlamasi surunkali buyrak etishmovchiligi fonida moyak to‘qimalarida rivojlanadigan degenerativ o‘zgarishlarga korreksion ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi va uning spermatogenez jarayonini qisman tiklash imkoniyati hamda sumbul ildizi tarkibidagi biologik faol moddalar antioksidant va trofik ta’sir ko‘rsatib, moyak to‘qimalarida mikrotsirkulyasiyani yaxshilashi, urug‘ kanalchalarning diametri, spermatogen epiteliy qalinligi va holatini yaxshilashi morfologik ko‘rsatkichlar orqali isbotlandi, shuningdek, damlama bilan korreksiya qilingan tajriba guruhida spermatogen epiteliydagi spermatogoniya hujayralarida Ki-67 pozitiv hujayra sonining ortishi kuzatilib, uning proliferativ faollik va spermatogenezni qisman tiklovchi ta’siri aniqlangan;
ilk bor tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligi fonida moyaklar tuzilishidagi gistokimyoviy o‘zgarishlarining tizimli qonuniyatlari va xususiyatlari isbotlangan bo‘lib, tajriba natijalari yoshga bog‘liq regenerativ potensialni ko‘rsatdi, ya’ni sumbul ildizi ekstrakti erta yoshda (3–6 oy) davolash samaraliroq bo‘lib, 9 oylik kalamushlarda samaradorlik pasaygani aniqlanib, bu reproduktiv tizimni davolashda yoshni hisobga olish zarurligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot davomida olingan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida surunkali buyrak etishmovchiligi fonida erkaklar reproduktiv tizimida yuzaga keladigan salbiy o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash va baholashga xizmat qiluvchi diagnostik mezonlarga () ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida tajriba hayvonlari moyaklarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar (urug‘ hosil qiluvchi naychalar atrofiyasi, spermatogen epiteliy degeneratsiyasi, interstisial to‘qima fibrozlari) kompleks ravishda gistologik va morfometrik usullar orqali aniqlanganligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.06.2025-yildagi 108-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 05.06.2025-yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SBY fonida jinsiy bezlarining o‘zgarishlarini tahlil qilish orqali urologiya, nefrologiya va andrologiya sohalari patogeneziga yo‘naltirilgan profilaktika va davolash choralarini ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa, SBY bilan og‘rigan bemorlar reproduktiv salomatligini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi SBY bilan bog‘liq reproduktiv buzilishlarni erta aniqlash va ularni davolashda samaraliroq yondashuvlarni qo‘llash imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, bemorlarning davolanish xarajatlarini kamaytirishga va ularning mehnat qobiliyatini tiklashga yordam beradi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 1700000 so‘mgacha tejalishiga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida moyak to‘qimalarida immunogistokimyoviy usul orqali Ki-67 markeri yordamida proliferativ faollik baholandi va urug‘ hosil qiluvchi kanalchalarning spermatogen epiteliysida joylashgan spermatogoniya hamda birlamchi spermatotsit hujayralarida proliferativ faollikning sezilarli pasayishi aniqlanganligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.06.2025-yildagi 108-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 05.06.2025-yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ki-67 markerining ahamiyati shundaki, u spermatogenez jarayonining pasayishini ko‘rsatadi. Bu esa, SBY bilan og‘rigan bemorlarda reproduktiv funksiyaning pasayishini erta aniqlash va tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot reproduktiv tizim salomatligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: Ki-67 markeridan foydalanish SBY bilan bog‘liq reproduktiv muammolarni diagnostika qilishda aniqlikni oshiradi. Bu esa, noto‘g‘ri tashxislash va samarasiz davolashga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Shuningdek, erta tashxis qo‘yish orqali kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish va bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish mumkin, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada tejashga olib keladi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga bir bemor uchun har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 1400000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor sumbul ildizi damlamasi surunkali buyrak etishmovchiligi fonida moyak to‘qimalarida rivojlanadigan degenerativ o‘zgarishlarga korreksion ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi va uning spermatogenez jarayonini qisman tiklash imkoniyati hamda sumbul ildizi tarkibidagi biologik faol moddalar antioksidant va trofik ta’sir ko‘rsatib, moyak to‘qimalarida mikrotsirkulyasiyani yaxshilashi, urug‘ kanalchalarning diametri, spermatogen epiteliy qalinligi va holatini yaxshilashi morfologik ko‘rsatkichlar orqali isbotlandi, shuningdek, damlama bilan korreksiya qilingan tajriba guruhida spermatogen epiteliydagi spermatogoniya hujayralarida Ki-67 pozitiv hujayra sonining ortishi kuzatilib, uning proliferativ faollik va spermatogenezni qisman tiklovchi ta’siri aniqlanganligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.06.2025-yildagi 108-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 05.06.2025-yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilik SBY fonida erkak reproduktiv salomatligining morfologik asoslarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, keyinchalik ushbu holatlarning oldini olish, diagnostikasi va davo strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, mazkur natijalar klinik amaliyotda buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarning reproduktiv salomatligiga e’tibor qaratish, ularni muntazam monitoring qilish zaruriyatini ta’kidlaydi. Bunday yondashuv reproduktiv funksiyalarning erta buzilishini aniqlash va profilaktik choralarni ko‘rishda dolzarb ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy samaradorligi: Moyaklardagi gistokimyoviy o‘zgarishlar haqida olingan ma’lumotlar kasallikning patogenezini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, SBY bilan bog‘liq reproduktiv muammolarni davolashda yanada maqsadli va samarali terapiya usullarini ishlab chiqishga olib keladi. Natijada, davolash samaradorligi oshadi, bemorlarning sog‘ayish muddati qisqaradi va tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 1250000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligi fonida moyaklar tuzilishidagi gistokimyoviy o‘zgarishlarining tizimli qonuniyatlari va xususiyatlari isbotlangan bo‘lib, tajriba natijalari yoshga bog‘liq regenerativ potensialni ko‘rsatdi, ya’ni sumbul ildizi ekstrakti erta yoshda (3–6 oy) davolash samaraliroq bo‘lib, 9 oylik kalamushlarda samaradorlik pasaygani aniqlanib, bu reproduktiv tizimni davolashda yoshni hisobga olish zarurligini isbotlash Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.06.2025-yildagi 108-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 05.06.2025-yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Sumbul ildizi kabi tabiiy vositalardan foydalanish SBY bilan og‘rigan bemorlar uchun reproduktiv salomatlikni yaxshilashda qo‘shimcha va xavfsizroq variantlarni taklif etadi. Bu, o‘z navbatida, bemorlarning hayot sifatini oshirishga va ularning reproduktiv funksiyalarini saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu tadqiqot an’anaviy tibbiyot va zamonaviy farmakologiya o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tab, integrativ tibbiyot rivojiga hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: Sumbul ildizi bilan korreksiya qilish usulining joriy etilishi SBY bilan bog‘liq reproduktiv buzilishlarni davolashda an’anaviy dori vositalariga nisbatan arzonroq va qulayroq al`ternativani taqdim etishi mumkin. Bu esa, tibbiy xarajatlarni kamaytirishga va davolashning umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi hamda tabiiy vositalardan foydalanish, shuningdek, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirib, bemorlarning umumiy sog‘lig‘ini yaxshilashga xizmat qiladi. Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 1750000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi. Xulosa: Tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar urologiya va andrologiyaning nazariy jihatlariga ma’lum miqdorda hissa qo‘shadi. Tadqiqot natijalarini klinik jihatdan amaliyotga tadbiq etish, erta tashxislash, kasallikning rivojlanish darajasini, asoratlarini kamaytirish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ma’lum darajada yordam beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish