Abdieva Gul`mira Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovun quritish texnologik jarayoni va uskunalari parametrlarini ishlab chiqish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/T1496.
Ilmiy rahbar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Kuchkor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovun quritish texnologik jarayoni va uskunalari parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovunlarning fizik-mexanik va issiqlik-fizik xususiyatlari, qovun mevasiga mexanik ishlov berish va uni tilimlab kesishning usullari ishlab chiqilgan;
quritish tezligi konstantasining nochiziq tavsifli harorat bilan bog‘liqligining matematik ifodasi ishlab chiqilgan;
qovunni quritish jarayonining maqbul parametrlarini tanlashda temperatura  sharoitlarini hisobga oluvchi matematik modeli yaratilgan;
quritish tezligi konstantasi va tashqi muhit asosiy omillari o‘zaro aloqasining korrelyasiya koeffisientlari matrisasining hisobi ishlab chiqilgan;
quritilgan qovunning sifat ko‘rsatkichlari, mineral tarkibi bilan bog‘liq shifobaxsh xususiyatlari, tayyor mahsulotning kimyoviy tarkibi aniqlangan;
qovun quritish texnologik jarayoni va uskunalari parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovun mevalarini energiya tejamkor IQ nurlanishli uskunasida dastlabki ishlash va quritish orqali qayta ishlashni texnologiya va texnik vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quritilgan qovun ishlab chiqarish texnologik liniyasini tashkil etuvchi texnik jihozlar «EKB Texekspromt» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/032-4188-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning ishlab chiqarish unumini 17% ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan texnologik jarayon va uskunalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Chimboy va Kegayli tumanlari fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/032-4188-son ma’lumotnomasi). Natijada qovun tilimlarini quritish muddati 36 soatdan 22 soatgacha qisqartirish va quritilgan qovun miqdori 1,3 barobargacha oshirish, bunda furfurol va melanoidinlarning hosil bo‘lishini keskin kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish