Muxtarov Farruh Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavfsizlikni ta’minlash tizimi modellari va davlatlararo munosabatlar strategiyasini muvofiqlashtirish algoritmlari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T508.
Ilmiy raxbar: Yakubov Maqsadxon Sultaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Majit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolmuratov Omonboy Utamuratovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini tashqi axborot tizimi xuruji va tahdidlaridan himoyalashning modellari, dasturiy vositalari hamda davlatlararo munosabatlar strategiyasini muvofiqlashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimi asosida davlatlararo strategik munosabatlarni muvofiqlashtirish xususiyatlariga muvofiq davlat, jamoat va shaxs xavfsizligini tashqi axborot xuruji va tahdidlaridan himoyalanish yondashuvlari ishlab chiqilgan;
davlatlararo munosabatlarda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid qiluvchi tashqi internet axborot resurslari faktorlari klassifikatsiyalangan, davlat va xizmat sirlarini konfidensialligi va himoyasini ta’minlash tamoyil va dasturiy vositalari ishlab chiqilgan;
davlatlararo munosabatlar strategiyasining shakllanishida integratsiyalashgan tizim axborotlari va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini ta’minlash jarayonlarining tahdidlar modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
davlatlararo munosabatlarda kritik axborot infratuzilmasida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdidlarni hisoblash va kontentlarni fil`trlash usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
davlatlararo munosabatlar strategiyasining shakllanishida ijtimoiy tarmoq va virtual axborot maydonlari – kommunikatsiyalari tizimida omma ongi va qadriyatiga tezkor ta’sir etuvchi vositasi – raqamli diplomatiyani takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlatlararo strategik munosabatlarni shakllantirish jarayonlarining konseptual modellari, usullari, apparat-dasturiy vositalari va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlatlararo munosabatlarda axborot xavfsizligini ta’minlashning konseptual modellari, instrumental dasturiy vositalar majmualari O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat tizimining kompyuterlashtirish sektorlari Farg‘ona viloyati hokimligi «Kompyuterlashtirish markazi» DUKga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 33-8/5042-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron hukumat, elektron hujjat va davlatlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish jarayonida ma’lumotlarni himoyalashda foydalanilib, idoralararo va hukumatlararo konfidensial axborotlar almashinuvi munosabatlarini muvofiqlashtirish hisobiga etkazilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zararni 2,4 barobargacha kamaytirish imkonini bergan;
davlat va xizmat sirlarini daxlsizligi va konfidensialligini ta’minlashning milliy xavfsizlik tizimi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 33-8/5042-son ma’lumotnomasi). Natijada hududiy boshqarmada sohaning texnik yo‘nalishdagi jabhalarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqishda foydalanilib, telekommunikatsiya sohasida etkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy texnik va iqtisodiy zarar miqdorini 2,7 barobarga qisqarishiga ya’ni 38,4 mln. so‘m tejamkorlikka erishish imkonini bergan;
tashqi axborot resurslarini fil`trlash va himoyalash modellari va algoritmlari «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filialining toifalangan ob’ektlarini himoyalash va axborot xavfsizligini ta’minlash jarayonlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 33-8/5042-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari toifalangan ob’ektlarni himoyalashda foydalanilib, ma’lumotlar xavfsizligi ta’minotini kuchaytirish, shuningdek, aloqa liniyalari va axborot tizimidan ruxsat berilmagan foydalanishni ma’n etadigan tegishli texnik yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan tahlil qilinganda, sohaga etkazilishi mumkin bo‘lgan umumiy moddiy zararni taklif etilgan xavfsizlikni ta’minlash model` va algoritmlarini joriy etish hisobiga 1,7 barobarga qisqarish imkonini bergan;
aloqa liniyalari va axborot tizimidan ruxsat etilmagan foydalanishlardan himoyalanishning optimallashgan usullari Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining televizion signallarni uzatish va tarqatish bo‘limiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 33-8/5042-son ma’lumotnomasi). Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining televizion signallarni uzatish va tarqatish bo‘limi texnik qurilmalariga ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalash, toifalangan ob’ektning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilishda foydalanilib, etkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy texnik va iqtisodiy zarar miqdorining 1,9 barobarga qisqarishiga, ya’ni 45,7 mln. so‘m tejamkorligiga erishish imkonini bergan.