Qodirov Humoyun Tolibjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning eksport salohiyatini boshqarishning metodologik asoslarini takomillashtirish (Farg‘ona vodiysidagi to‘qimachilik sanoati korxonalari misolida)”, 08.00.13 – Menejment.
Fan doktori (DSc) dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt948.
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinov Shuhrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Ilhom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirjalolova Dildora Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarning eksport salohiyatini boshqarishning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonalar eksport salohiyatini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish, eksport hajmini kengaytirish, mahsulot diversifikatsiyasi va qo‘shilgan qiymat ulushini ko‘paytirish, resurslardan oqilona foydalanish va risklarni kamaytirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda monitoring tizimi bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan takomillashtirilgan; 
korxonalar umumiy eksport salohiyatini baholash metodologiyasi eksportning asosiy jihatlari integral indeksining “optimal daraja” (0,8 ≤ USIopt. ≤ 1,0), “me’yoriy daraja” (0,6 ≤ USIme’yor. < 0,79), “barqaror daraja” (0,4 ≤ USIbarq. < 0,59), “minimal daraja” (0 ≤ USImin. < 0,39) chegaraviy qiymatlari belgilash asosida takomillashtirilgan; 
korxonalarning eksport salohiyatini boshqarish mexanizmi korxonaning boshqaruv, moliyaviy, marketing, logistika va riskka bardoshlilik salohiyatini funksional bloklar bo‘yicha “eksport salohiyati profili” asosida baholashda ustuvor eksport segmenti sifatida tanlash va resurslarni shu segmentlarga maqsadli qayta taqsimlash tartibi va miqdoriy chegarasi (UES ≥ 70 ball) belgilash orqali takomillashtirilgan;
hududlarning to‘qimachilik sanoati eksport salohiyatini samarali boshqarish maqsadida ularning eksport salohiyatini integral eksport reyting indeksi asosida “strategik daraja” (1,0 - 0,8), “ilg‘or daraja” (0,79 - 0,6), “barqaror daraja” (0,59 - 0,4), “cheklangan daraja” (0,39 - 0,2) va “minimal daraja” (0,19 - 0) mezon chegaralarida baholash va boshqarish taklifi asoslangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining to‘qimachilik sanoati eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar eksport salohiyati rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Korxonalarning eksport salohiyatini boshqarishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport salohiyatini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish, eksport hajmini kengaytirish, mahsulot diversifikatsiyasi va qo‘shilgan qiymat ulushini ko‘paytirish, resurslardan oqilona foydalanish va risklarni kamaytirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda monitoring tizimi bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesni tadqiq etish usullar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda va tadqiqotchilarda korxonalarning eksport salohiyatini samarali boshqarish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish, eksport hajmini kengaytirish, mahsulot diversifikatsiyasi va qo‘shilgan qiymat ulushini ko‘paytirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
korxonalar umumiy eksport salohiyatini baholash metodologiyasi eksportning asosiy jihatlari integral indeksining “optimal daraja” (0,8 ≤ USIopt. ≤ 1,0), “me’yoriy daraja” (0,6 ≤ USIme’yor. < 0,79), “barqaror daraja” (0,4 ≤ USIbarq. < 0,59), “minimal daraja” (0 ≤ USImin. < 0,39) chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-maydagi 01-06-29-4336-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida eksport salohiyatini baholash metodologiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ushbu yondashuvni joriy etish natijasida korxonalar eksport imkoniyatlarini 85-90% aniqlikda tashxislash, samarali boshqaruv qarorlari orqali umumiy samaradorlikni 15-20%ga oshirish, optimal resurs taqsimoti asosida investisiya qaytishini 12-15%ga ta’minlash bilan birga eksport salohiyatining 20-25%ga o‘sishiga zamin yaratgan;
korxonalarning eksport salohiyatini boshqarish mexanizmi korxonaning boshqaruv, moliyaviy, marketing, logistika va riskka bardoshlilik salohiyatini funksional bloklar bo‘yicha “eksport salohiyati profili” asosida baholashda ustuvor eksport segmenti sifatida tanlash va resurslarni shu segmentlarga maqsadli qayta taqsimlash tartibi va miqdoriy chegarasi (UES ≥ 70 ball) belgilash orqali takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-maydagi 01-06-29-4336-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida korxonalarning eksport salohiyati beshta funksional blok - boshqaruv, moliya, marketing, logistika va riskka bardoshlilik bo‘yicha baholangan. UES ≥ 70 ball bo‘lgan yo‘nalishlar ustuvor eksport segmenti sifatida tanlanib, resurslar shu segmentlarga maqsadli yo‘naltirilgan. Bu eksport bozorini tanlash, xarajatlarni optimallashtirish va eksport samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
hududlarning to‘qimachilik sanoati eksport salohiyatini samarali boshqarish maqsadida ularning eksport salohiyatini integral eksport reyting indeksi asosida “strategik daraja” (1,0 - 0,8), “ilg‘or daraja” (0,79 - 0,6), “barqaror daraja” (0,59 - 0,4), “cheklangan daraja” (0,39 - 0,2) va “minimal daraja” (0,19 - 0) mezon chegaralarida baholash va boshqarish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-maydagi 01-06-29-4336-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida hududlarning eksport salohiyatini aniq va xolis baholash, xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda davlat tomonidan ko‘maklashish choralarini maqsadli yo‘naltirish imkoniyati yaratilgan. Ushbu yondashuv asosida ishlab chiqilgan baholash mezonlari “Hududlarning eksport salohiyatini oshirish dasturi”ni shakllantirish jarayonida qo‘llanilib, natijada eksport salohiyatini ilmiy asosda tahlil qilish va hududlar bilan manzilli ishlash imkoniyati yaratilgan. Bu esa hududiy sanoatning raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmini barqaror rivojlantirishga zamin yaratgan; 
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining to‘qimachilik sanoati eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar eksport salohiyati rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining “Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-maydagi 01-06-29-4336-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi yirik korxonalari uchun 2030-yilgacha eksport hajmini oshirishga qaratilgan strategik “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bu yondashuv eksport salohiyatini boshqarish nuqtai nazaridan mintaqaning to‘qimachilik sanoatida faoliyatni ilmiy asosda rejalashtirish, samaradorlikni oshirish va xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvni jadallashtirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish