Axtamov Mirjalol Axtam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholi genotiplarining stress omillarga bardoshliligini o‘rganish va ulardan amaliy seleksiyada foydalanish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1186.
Ilmiy rahbar: Ergashev Muhammadjon Arabboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.02.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Abrorjon Yorkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Urazmetov Qaxramon Karimbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sholi nav namunalarini o‘rta darajada tuproq sho‘rlanishiga va unib chiqish fazasida havoning past haroratiga chidamliligini baholash hamda stress omillarga chidamli qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega sholi navlarni yaratish uchun boshlang‘ich manbalarni tanlab olish va ulardan seleksiyada foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sholining jahon genofondidan olingan va introduksiya qilingan nav namunalarining har xil ekologik-geografik guruhlari asosiy belgi va xususiyatlari bo‘yicha past haroratda unib chiqish va sho‘rga chidamliligi baholangan;
sholida past haroratga chidamlilik va hosildorlik o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r = 0,71), sho‘r muhitda maysa bo‘yi va ildiz uzunligi o‘rtasida o‘rtacha bog‘liqlik (r = 0,4991) qayd etilib, bu chidamlilik belgisining ildiz sistemasi rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
tabiiy sho‘r sharoitda o‘simlik bo‘yi, ro‘vak uzunligi, mahsuldor tuplanish, o‘suv davri, erta vegetativ rivojlanish, gullash-pishish davrlarida sho‘rga chidamlilik, 1000 dona don vazni va hosildorlik kabi ko‘rsatkichlar asosida nav namunalardan seleksion-genetik ilmiy tadqiqotlarda markyor sifatida foydalanish imkoniyati aniqlangan;
amalga oshirilgan assotsiativ xaritalash natijasida TASSEL dasturining GLM va MLM modellari orqali past haroratda unuvchanlik koefisenti (LTG_Gr) bilan ishonchli bog‘langan 7 ta SSR markerlar tanlab olinib, ushbu markerlar fenotipik o‘zgaruvchanlikning 23–56 % qismini izohlab berishi va ushbu lokuslarni QTL sifatida seleksiya jarayonlarida qo‘llash mumkinligi aniqlangan;
SSR mikrosatellit markerlar yordamida sholi nav namunalari o‘rtasidagi genetik polimorfizm baholanib, yuqori darajada genetik xilma-xillik mavjudligi aniqlangan va STRUCTURE dasturida o‘tkazilgan populyasion tahlillar natijasida tadqiqot namunalari asosan 2–3 ta subpopulyasiyaga ajralishi kuzatilib, bu orqali genetik strukturaning nisbatan murakkab ekanligi tasdiqlangan;
bioinformatik tahlillar natijasida COLD1, OsDREB1C, OsICE1, OsMYB3R-2, OsP5CS, OsLEA3, OsGSTL2 va CAMTA genlarining past haroratga chidamlilikda muhim rol o‘ynashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sholi nav namunalarini o‘rtacha darajada tuproq sho‘rlanishiga va unib chiqish fazasida havoning past haroratiga chidamliligini baholash hamda murakkab stress omillarga chidamli qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega sholi navlarni yaratishda boshlang‘ich manbalarni tanlash mavzusida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida:
o‘rganilgan sholi nav namunalari asosida erta vegetativ rivojlanish, gullash, to‘la pishish davrlarida sho‘rga chidamli, erta-o‘rtapishar, o‘simlik bo‘yi, ro‘vak uzunligi, mahsuldor tuplanish, 1000 dona don vazni, hosildorligi va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat navlaridan yuqori bo‘lgan K-106 (5967 x O‘zbek-5), S-9 (Nukus-2 x IR 147-F7), S-5 (Iskandar x IR 17-F7), K-88 (Worin-22), K-100 (139-Afg’on -1), K-142 (1957-82), K-91 (K-1-1), K-97 (D 222), K-90 (Owori mokri), K-129 (IR 79913-13-20-2), K-130 (IR 805-088-194-1) nav namunalar va tizmalar yaratilib, Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan Sholichilik ITIning Xorazm filialida 0,30 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28-yanvardagi №05/05-03-36-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi genofondi o‘simlik bo‘yi 114,7-138,0 sm, ro‘vak uzunligi 20,1-28,3 sm, mahsuldor tuplanishi 2,0-3,0 dona,1000 dona don vazni 24,0-33,2 g va hosildorligi 5,6-6,5 t/ga bo‘lgan yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega boshlang‘ich ashyolar bilan boyitilgan;
yaratilgan turli qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega unib chiqish davrida past haroratga chidamli K-341 (D-80), K-191 (WAB 880-138-18), C-14 (Mustaqillik x Worin 22-F8), C-13 (Lazurniy x IR 141-F8), K-18(D-122), K-87 (Wongrim-43), K-187 (WAB 450 -11-1), K-37 (K-00412), C-16(UzRos 7-13 x Admiral-F7), C-11 (Ahmad sholi x IR14632–2–3- F7), C-7 (Guljahon x NR-10239-20-2-2-1-F7) kabi nav namunalar va tizmalar Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida Sholichilik ITIning Sholi genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi tajriba dalasida 0,50 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28-yanvardagi №05/05-03-36-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi genofondi o‘rtapishar, o‘simlik bo‘yi 116,5-157,5 sm, mahsuldor tuplanishi 2,3-3,3 dona, ro‘vak uzunligi 18,7-27,7 sm, 1000 dona don vazni 27,2-36,6 g va hosildorligi 6,9-8,8 t/ga bo‘lgan yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega boshlang‘ich ashyolar bilan boyitilgan va va ushbu nav namunalarni seleksion-genetik izlanishlarda markyor sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqotlar natijasida yaratilgan 11 ta sho‘rga chidamli (K-106 (5967xO‘zbek-5), S-9 (Nukus-2 x IR 147-F7), S-5 (Iskandar x IR 17-F7), K-88 (Worin-22), K-100 (139-Afg’on -1), K-142 (1957-82), K-91 (K-1-1), K-97 (D 222), K-90 (Owori mokri), K-129 (IR 79913-13-20-2), K-130 (IR 805-088-194-1)) va 11 ta past haroratga chidamli (K-341 (D-80), K-191 (WAB 880-138-18), C-14 (Mustaqillik x Worin 22-F8), C-13 (Lazurniy x IR 141-F8), K-18(D-122), K-87 (Wongrim-43), K-187 (WAB 450 -11-1), K-37 (K-00412), C-16(UzRos 7-13 x Admiral-F7), C-11 (Ahmad sholi x IR14632–2–3- F7), C-7 (Guljahon x NR-10239-20-2-2-1-F7)) nav namunalar va tizmalar qishloq xo‘jalik ekinlari Milliy genbanki geneofondiga topshirilgan va amaliy seleksiyada foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 28-yanvardagi №05/05-03-36-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi va kelajak avlod uchun kafolatli saqlash maqsadida topshirilgan ushbu sholi nav namunalari va tizmalari genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich manba sifatida foydalanishga imkon bergan.