Axmedov Sanjar Temur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.PhD/Iqt4666
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Po‘latov Muhiddin Egamberdievich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alimova Mashxura Toirxonovna; Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Arabov Nurali Uralovich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshlik darajasini integral baholash usuli korxona raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini past (0,214≤ Is <0,409), o‘rta (0,410≤ Is <0,604) va yuqori (0, 605 ≤ Is <0, 798) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda raqobatbardoshlik darajasining har bir toifasi bo‘yicha korxonalarni rivojlanish bosqichi, ichki imkoniyatlari va bozor talablariga mosligiga ko‘ra tizimlashtirish asosida takomilashtirilgan;  
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq sohada kichik korxonalar innovatsion rivojlanishi va moslashuvchanligini ta’minlash, xizmatlarni mijozlarga yo‘naltirish, strategik hamkorlikni amalga oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, xizmatlarni tabaqalashtirish, sohada innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyani ishlab chiqish taklifi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonani resurs salohiyati, raqobat darajasi va strategik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, uning raqobat ustunliklarini yaratish, korxona raqobatbardoshlik o‘rnini mustahkamlash hamda iqtisodiy samaradorligiga erishish asosida kichik korxona raqobatbardoshligini oshirish modeli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmatlar hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmi 2,2 martaga oshirish imkonini beradi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshlik darajasini integral baholash usulini korxona raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini past (0,214≤ Is <0,409), o‘rta (0,410≤ Is <0,604) va yuqori (0, 605 ≤ Is <0, 798) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda raqobatbardoshlik darajasining har bir toifasi bo‘yicha korxonalarni rivojlanish bosqichi, ichki imkoniyatlari va bozor talablariga mosligiga ko‘ra tizimlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2026-2027-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-fevraldagi 01-06-30-1793-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar raqobatbardoshlik darajasini toifalarga guruhlash asosida ularning raqobat ustunligini ta’minlash yo‘nalishlarini aniqlash va xizmatlarning bozor sig‘imini kengaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlari optimalligiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq sohada kichik korxonalar innovatsion rivojlanishi va moslashuvchanligini ta’minlash, xizmatlarni mijozlarga yo‘naltirish, strategik hamkorlikni amalga oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, xizmatlarni tabaqalashtirish, sohada innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyani ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2026-2027-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-fevraldagi 01-06-30-1793-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sohada kichik korxonalar raqobatbardoshligiga erishish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishning iqtisodiy asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonani resurs salohiyati, raqobat darajasi va strategik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, uning raqobat ustunliklarini yaratish, korxona raqobatbardoshlik o‘rnini mustahkamlash hamda iqtisodiy samaradorligiga erishish asosida kichik korxona raqobatbardoshligini oshirish modeli O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2026-2027-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-fevraldagi 01-06-30-1793-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonada turli usullar va vositalardan foydalanish orqali uzoq muddatli va barqaror raqobatdosh ustunliklarni rivojlantirish va bozorda raqobatbardosh mavqeini yaxshilash imkonini bergan;
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmatlar hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2026-2030-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” Yo‘l xaritalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-fevraldagi 01-06-30-1793-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmi 2,2 martaga oshirish imkonini beradi.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish