Maxmudova Gulchexra Dilshadbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik sifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olamning lisoniy manzarasida “tabiat” konseptining aks etishi(ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Fil5079.
Ilmiy rahbar: Isroilova Dildoraxon Muxtarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Baxtiyor Mirzamaxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “tabiat/nature” konseptining semantikasini ifodalovchi leksik birliklar va badiiy matnlarda struktur-semantik, kommunikativ, pragmatik, lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatlarini qiyosiy tipologik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida “tabiat/nature” konseptini ifodalovchi lisoniy birliklar tarkibida asosiy 9 ta inglizcha va 6 ta o‘zbekcha komponent aniqlanib, ularning semantik hamda stilistik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida belgilangan va mazkur komponentlarning til tizimidagi funksional joylanishi va lingvokulturologik qiymati ilmiy jihatdan asoslangan;
“tabiat/nature” konseptining ingliz va o‘zbek badiiy matnlari, maqollari va matallarida stilistik funksiyaga ega til birliklari orqali ifodalanishi aniqlanib, uning metaforik (tabiat - ona, tabiat – kuch), personifikatsion, aksiologik-baholovchi (mehribon/shafqatsiz tabiat), sabab-natijaviy (inson harakati va tabiat o‘rtasidagi munosabat), makoniy-tasviriy (landshaft, fasllar va iqlim orqali konseptualizatsiya) hamda paremiologik modellari belgilangan,mazkur strukturaviy modellarining umumiy va milliy xususiyatlari ilmiy jihatdan dalillangan;
“tabiat/nature” konsepti doirasida leksik-semantik maydon, konseptual makon va tushuncha o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanib, konsert va mental struktura chegaralarini belgilovchi universal hamda milliy komponentlar nisbatlari belgilangan, shuningdek, mazkur konseptning aksiologik baholanishi, antropotsentriklik darajasi, obrazlilik va metaforik konseptualizatsiya xususiyatlari hamda madaniy-ramziy yuklamasini tavsiflovchi lingvokulturologik mezonlar ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “tabiat/nature” konsepti ifodalanadigan leksik birliklar qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilinib, ularning semantik va struktur xususiyatlari “homeland, family, nature” hamda “vatan,oila,tabiat” kabi konseptual bog‘lanishlar doirasida o‘rganilgan va mazkur birliklar o‘rtasidagi mazmuniy hamda struktur o‘xshashlik (izomorfik) va farqlilik (allomorfik) xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “tabiat/nature” konseptining lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“tabiat/nature” konseptiga oid til birliklarining badiiy matnlarda, maqol va matallarda bo‘lgan struktura modellari, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillaridagi universal va o‘ziga xos xususiyatlari, leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi "tabiat/nature" konseptining lingvokulturologik mohiyati chuqur taxlil qilinib,ingliz tilidagi "tabiat/nature" konseptiga oid 9 xil leksemalar hamda o‘zbek tilidagi 6 xil leksemalar aniqlanganligiga oid xulosalardan 2023-2024 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘’basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan "Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish" nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yilning 14-iyuldagi № 02-14-06-907 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi,shuningdek,foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashiga xizmat qildi.
"tabiat" konseptiga oid til birliklarining badiiy matnlarda,maqol va matallarda bo‘lgan struktura modellari,shuningdek,ingliz va o‘zbek tillaridagi universal va o‘ziga xos xususiyatlariga doir tahlillaridan chog‘ishtirilayotgan tillarda "tabiat" konseptini shakllantiruvchi ingliz tilidagi "nature" homeland,family, o‘zbek tilidagi "tabiat" vatan,oila kabi lisoniy birliklarning semantik jadvallari va sinonimlar o‘rtasidagi munosabatga oid xulosalardan 2020-2023 - yillarda amalga oshirilgan FZ-201912099 raqamli "O‘zbek folklorining o‘zbek, ingliz tillaridagi web sayti va multimedia mahsulotini yaratish" nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Namangan Davlat Universiteti 2025-yilning 16-iyuldagi №5110-09/08 sonli ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan ma’lumotlar ingliz va o‘zbek tillaridagi "tabiat" konseptining lingvokulturologik mohiyatiga ko‘ra o‘ziga hos tillararo o‘xshashlik (izomorfik) va farqlilik (allomorfik) jihatlariga doir lingvostatistik mezonlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
"tabiat" konseptining ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanishining lisoniy olam manzarasida" mavzusidagi dissertatsiya doirasidagi ishlab chiqilgan chog‘ishtirilayotgan tillarda "tabiat/nature" konseptiga oid til birliklarining sintagmatik plandagi valentlik imkoniyatlari, "tabiat" konseptiga tegishli lisoniy birliklarning ahamiyati, ularning pragmatik, funksional va semantik xususiyatlari, "tabiat" leksemasining morfologik tarkibiga asoslangan tayanch va trasformatsion modellariga doir xulosalardan 2024-2025-yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan "Ta’lim va taraqqiyot", "Adabiy jarayon", "Jahon adabiyoti" kabi mashhur ko‘rsatuvlar va eshitirishlarning ssenariylarini yaratishda muhim asos sifatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yilning 18-iyuldagi 05-09-1170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarni ingliz va o‘zbek tillaridagi "tabiat" konseptining shakllanishi, yasalishi, uning lingvokulturologik xususiyatlari bilan tanishtirishda hamda "tabiat" konseptining o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ommalashtirilgan.