Iminova Dilnoza Nasirovna
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Motivatsion yondashuv asosida talabalarning akademik faolligini rivojlantirish metodikasi (pedagogika ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10044
Ilmiy rahbar: Artikova Muxayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Xasanova Gulsanam Xusanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Oripova Nodima Xalilovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi motivatsion yondashuv asosida talabalarning akademik faolligini rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning pedagogik modeli motivatsion yondashuv asosida o‘quv-faoliyat komponentlariga shaxsiy individual o‘sishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minotni ta’lim oluvchilarning ichki va tashqi rag‘bat (intrinsik va ekstrinsik) o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi motivatsion omillar majmuasini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik ta’limda talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ta’lim oluvchilarning kasbiy ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirilgan narrativ tahlil metodlarini metakognitiv faollik darajasini o‘sishini ta’minlovchi dars modullariga dinamik moslashtirilishi orqali boyitilgan;
pedagogik ta’limda talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning metodik tizimi motivatsion yondashuvning pedagogik-psixologik asoslarini metodlar o‘rtasidagi o‘zaro funksional bog‘liqlikni talabaning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va motiv darajasini aniqlash tamoyillarini motivatsion-diagnostik blogiga kompleks adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning akademik faolligini motivatsion yondashuv asosida rivojlantirish mezonlari ijtimoiy va kasbiy ehtiyojlariga mos o‘quv faoliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik omillarga tayyorlov, faoliyat va refleksiya bosqichlariga individual yondashuv va teskari aloqani tashkil etish mexanizmini samarali kiritish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Motivatsion yondashuv asosida talabalarning akademik faolligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning pedagogik modeli motivatsion yondashuv asosida o‘quv-faoliyat komponentlariga shaxsiy individual o‘sishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minotni ta’lim oluvchilarning ichki va tashqi rag‘bat (intrinsik va ekstrinsik) o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi motivatsion omillar majmuasini integratsiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanman mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 391024 raqamli ruxsatnoma). Natijada, talabalarning mutaxassislikka doir bilimlarni egallashda akadamik faolligini ta’minlashning didaktik ta’minotini shakllantirishga erishilgan;
pedagogik ta’limda talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ta’lim oluvchilarning kasbiy ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirilgan narrativ tahlil metodlarini metakognitiv faollik darajasini o‘sishini ta’minlovchi dars modullariga dinamik moslashtirilishi orqali boyitilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 733379 raqamli ruxsatnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fanni o‘qitish samaradorligi, talabalarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlanish jarayoni intensivlashuviga xizmat qilgan;
pedagogik ta’limda talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning metodik tizimi motivatsion yondashuvning pedagogik-psixologik asoslarini metodlar o‘rtasidagi o‘zaro funksional bog‘liqlikni talabaning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va motiv darajasini aniqlash tamoyillarini motivatsion-diagnostik blogiga kompleks adaptatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 537032 raqamli ruxsatnoma). Natijada, talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning uzviyligi va uzlyuksizligini metodik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik ta’limda talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning metodik tizimi motivatsion yondashuvning pedagogik-psixologik asoslarini metodlar o‘rtasidagi o‘zaro funksional bog‘liqlikni talabaning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va motiv darajasini aniqlash tamoyillarini motivatsion-diagnostik blogiga kompleks adaptatsiyalash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2023-2024 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli “O‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni, amaliy topshiriq, multimediyaviy resurslar bo‘yicha yagona tizimga ustuvorlik berish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 16-iyuldagi 02-14-06-609-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning akademik faolligini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini va ularning ahamiyatiga doir ilmiy bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.